DAVLAT AYBLOVCHISI

DAVLAT AYBLOVCHISI — jinoyat ishi boʻyicha sudlanuvchiga qoʻyilgan aybni sudda davlat nomidan qoʻllabquvvatlaydigan prokuror. Prokuror ayblovni quvvatlaganda amaldagi qonunlarning talablariga va ishning barcha holatlarini eʼtiborga olishga asoslangan oʻz ishonchiga amal qiladi. Davlat ayblovchisi tekshirishda ishtirok etadi. Jinoyat kodeksining normalarini qoʻllash, sudlanuvchining hara-katlarini tavsiflash, unga jazo turini va meʼyorini tayinlash toʻgʻrisida qamda sud hal etishi lozim boʻlgan boshqa masalalar yuzasidan oʻz fikrini bayon qiladi. Prokuror sud tergovi natijalari asosida sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblovni oʻzgartirish zarur, degan xulosaga kelsa, bu haqda sudga asoslantirilgan bayonot berishi shart. Sud muhokamasida qatnashgan prokuror sud tergovi maʼlumotlari sudlanuvchining aybsizligidan dalolat beradi, degan ishonchga kelsa, u ayblovdan voz kechishi va voz kechish sabablarini sudga bayon qilishi; ayblovning mazmunini oʻzgartirish yoki ayblovdan voz kechish sabablari xususidagi fikrini sudga yozma ravishda takdim etishi shart. Basharti fuqa-rolarning huquqlarini va jamiyat manfaatlarini muhofaza etish maqsadlari talab qilsa, daʼvo qoʻzgʻatuvchi yoki jabrlanuvchi tomonidan qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvoni quvvatlaydi. Oʻzbekiston Respublikasida prokurorning sud muhokamasida ishtiroki JPK va Prokuratura toʻgʻrisida OʻzR qonuni (yangi tahriri — 2001-y. 29 avg.) bilan belgilanadi (yana q. Ayblov, Xususiy ayblov).


Lotin alifbosida maqola: DAVLAT AYBLOVCHISI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
AYBLOV
AYBLANUVCHI
BERUNIY
AYB


Добавить комментарий