AYBLOV

AYBLOV (huquqda) — muayyan jinoiy qilmishni sodir etganlikda ayblanib, jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan shaxsning aybdorligini isbotlash maqsadida qilingan harakat. A. shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi tergovchi yoki prokurorning qarorida bayon qilinadi (OʻzR JPK, 361-modda).

Ayblovni oʻzgartirish, tugatish, toʻldirish va tugatilgan Ayblovni kayta tiklash tartiblari ushbu Kodeksning 362 – va 363-moddalarida nazarda tutilgan. Ayblov uch xil boʻlib Ayblovni — 1) sudda koʻrilayotgan jinoyat ishida qatnashayotgan prokuror davlat nomidan (q. Prokuror. Ushbu Kodeksning 409-moddasi),

2) jamoat birlashmalari va jamoalar sud muhokamasida jamoat ayblovchisi tariqasida ishtirok etish uchun yuborgan va-kil — jamoat nomidan (q. Jamoat ayblovchisi. Ushbu Kodeksning 42-moddasi) va

3) jabrlanuvchi shaxsan oʻzi yoki vakili orqali (q. Jabrlanuvchi, Jabrlanuvchining vakili. Ushbu Kodeks 55-modda 1-qismi) quvvatlashi mumkin. Prokuror davlat ayblovchisi tariqasida sud majlisida aniqlangan holatlarga qarab Ayblovni quvvatlash, oʻzgartirish yoki Ayblovdan voz kechish huquqiga ega. Prokuror (davlat ayblovchisi) Ayblovni quvvatlash, oʻzgartirish va undan voz kechish xususida oʻz fikrini sudga yozma tariqasida topshirishi lozim. Jamoat ayblovchisi Ayblovning isbotlangani haqida sudda fikr berishga va Ayblovdan voz kechishga haqli. Jamoat birlashmasi, jamoa oʻzi yoʻllagan jamoat ayblovchisini xohlagan vaqtda chaqirib olishga yoki uni boshqa vakil b-n almashtirishga haqli. Agar jamoat ayblovchisi chaqirib olingan boʻlsa, vakil yuborgan jamoat birlashmasi yoki jamoa jamoat Ayblov idan voz kechgan hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: AYBLOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AYB
AYBLANUVCHI
DAVLAT AYBLOVCHISI
AYBLOV XULOSASI
ADVOKAT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты