DAVLAT NAV SINASH TARMOGʻI

DAVLAT NAV SINASH TARMOGʻI — ekinlarning yangi navlarini har tomonlama baholash va muayyan tuproq-iqlim sharoitlarida yetishtirishga yarokliligini tekshirish maksadlarida oʻrganish va sinab koʻrish tizimi. Seleksiya muassasalarida chiqarilgan yangi navlar sinash bosqichlari yakunlanganidan soʻng sinash ishlarini davom ettirish uchun Davlat nav sinash tarmogʻi st. ga topshiriladi.

Davlat nav sinash tarmogʻi davlat nav sinovini amalga oshiradigan davlat nav sinash uchastkalari majmuidan iborat. Davlat sinovi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan davlat nav sinash uchastkalarida belgilangan uslub va muddatlarda (uch yildan 10—15 yil va undan ortiq) oʻtkaziladi. Davlat nav sinash tarmogʻining nav sinash uchastkalari (baza xoʻjaliklari)da q. x. ekinlarining yangi va yaxshilangan seleksion, maxalliy va xorijiy navlari va duragaylarini hosildorlik, texnologik xossalar, mahsulot sifati, kasallik va zararkunandalarga bardoshi boʻyicha sinash, yangi navlarni turli agrotexnika usullarida, tuproq-iqlim sharoitlarida sinash, istiqbolli navlarni i. ch. sharoitlarida sinash va ularning himoyaga layoqatliligi boʻyicha davlat sinovi ishlari va b. amalga oshiriladi. Eng yaxshi navlar baholanib, ajratib olinadi va Oʻzbekiston Respublikasi q. x. ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasi tomonidan respublika hududida ekish uchun tavsiya etilgan q. x. ekinlari Davlat reyestriga kiritiladi (q. Nav sinash).

Oʻzbekistonda dastlabki nav sinash tarmogʻining shakllanishi 1914-y. da Mirzachoʻl tajriba st-yasida, Andijon q. x. tajriba st-yasida gʻoʻza navlari sinovidan boshlandi (82 sinalgan navdan 12 nav tanlab olingan). 1924-y. dan dastlab sobiq Ittifoq Yer ishlari xalq komissarligi qoshida Davlat nav sinash tarmogʻi tashkil etildi. 1926-y. dan bu tarmoq Butunittifoq oʻsimlikshunoslik i. t. in-ti (VIR) tasarrufiga oʻtkazildi. 1937-y. dan Davlat nav sinash tarmogʻi VIR tarkibidan SSSR Yer ishlari xalq komissarligi (keyin-chalik Qishloq xoʻjaligi va tayyorlash vazirligi)ga oʻtkazildi va q. x. ekinlarini sinash davlat komissiyasi deb atala boshladi.

1937—89 y. larda don ekinlari, moyli va yem-xashak ekinlari, texnika ekinlari, gʻoʻza navlarini sinash davlat komissiyalari yoki yagona q. x. ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi ishladi. Shu davrda sobiq Ittifoq boʻyicha q. x. ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi va barcha ittifokdosh respublikalarda, shu jumladan Oʻzbekistonda ham mazkur komissiyaning inspekturasi va nav sinash tarmogʻi (uchastkalari) faoliyat koʻrsatgan.

1990-y. boshidan Oʻzbekiston Respublikasi q. x. ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi tashkil etildi. Oʻzbekistonda «Seleksiya yutuklari toʻgʻrisida» (1996 i. 30 avg.) va «Urugʻchilik toʻgʻrisida» (1996-y. 29 avg.) qonunlari qabul qilinishi munosabati bilan Davlat nav sinash tarmogʻi st. vazifalari ham kengaydi. Respublikaning jami viloyatlari tumanlarida joylashgan 58 nav sinash shoxobcha (uchastkami faoliyat koʻrsatdi. Davlat nav sinash tarmogʻi uchun baza tarzida tanlangan xoʻjaliklarda gʻoʻza, qand lavlagi, bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, moyli, dukkakli don, sabzavot-poliz, yemxashak ekinlari, mevali daraxtlar, tok, subtropik mevalar va b. ning yangi navlarini sinash ishlari olib boriladi (2001). Davlat nav sinash tarmogʻi tarkibida 3 lab. (Toshkent va Vodil kimyo-texnologiya, Toshkent texnologiya), 1 nav sinash st-yasi ishlaydi (yana q. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi).

Zoir Ziyatov.


Lotin alifbosida maqola: DAVLAT NAV SINASH TARMOGʻI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
SELEKSIYA
URUGʻCHILIK
NAVNI RAYONLASHTIRISH
HOSILDORLIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты