DARD TILLARI

DARD TILLARI — tillar guruhi. Afgʻoniston, Pokiston va Hindistonning tutash hududlarida tarqalgan. Dard tillari hinderon tillari tarkibiga kiradi, hind va fors tillariga nisbatan oraliq tillar hisoblanadi. Uchta kichik guruhga ajraladi. Ular orasida keng maʼlum boʻlganlari — kashmiri, shina, koʻhiston tillar guruhi (sharq, kichik guruh); kxovar, kalasha, poshshoyi, tiraxi, gavar, votipuri va b. (markaziy kichik guruh); ashkur, prasun, vaygali, kati, dameli (gʻarbiy kichik guruh, koʻpincha kofiriy deb yuritiladi). Fonetikasida konsonantlik ustun. Nafas chiqarish bilan talaffuz etiladigan (gʻarbiy kichik guruhdagi 4 til bundan mustasno), dimogʻda talaffuz etiladigan va baʼzilarida yumshoq talaffuz etiladigan undosh tovushlar mavjud. Yozuvi faqat kashmiri alifbosi asosida.


Lotin alifbosida maqola: DARD TILLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



POKISTON
JAHON TILLARI
HINDISTON
AFGʻONISTON
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты