DARHAM

DARHAM — zardoʻzlikyaa murakkab mujassamot turi. Buyum yuzasi zamindoʻzi — guldoʻzi usulida ifodali yuza hosil qilib tikiladi, bunda ajoyib ranglar oʻyini va tilla jilosi hosil boʻladi. Xilma-xil choklar va rangli zamin (baxmal) buyumni yanada boyitadi. Darham boy va hashamdor buyumlar (mas, Buxoro amirining kiyimlari)ga moʻljallangan. Bu mujassamotni malakali ustalargina bajara olgan. Darhamda asosan oʻsimliksimon naqsh qoʻllaniladi, ayrim hollarda chiziqlar bilan boʻlingan maydonda romblar hosil qilingan, ularga oʻsimliksimon gullar ham kiritib boyitilgan. Bunday uygʻunlik anʼanaviy boʻlib, tarixi 12—13-a. larga borib taqaladi. Davrlar davomida gul i va tikilish usuli murakkablashib borgan, ijrosi mukammallashgan.


Lotin alifbosida maqola: DARHAM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMALIY SANʼAT
YER
KIYIM
BUXORO VILOYATI
NAQSH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты