DEKAN MADANIYATI

DEKAN MADANIYATI — Hindiston dagi ilk dehqonchilik yodgorliklari (mil. av. 2-ming yillik). Hind olimlari Dekan madaniyatini 3 arxeologik majmua (Ahor, Jorva va Navdatoli)ga boʻlib oʻrgangan. Majmualar topilmalardagi naqshlari xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Qabilalarning xoʻjalik qayotida dehqonchilik va chorvachilik asosiy oʻrinni egallagan. Jez va misdan yasalgan bolta, xanjar, randa, zeb-ziynat buyumlari, idishlar koʻp tarqalgan. Jorva va Navdatoli majmuasida chaqmoq toshdan ishlangan geometrik shaklli qurollar (qirgʻich, segment, trapetsiya, taxtacha va b.) ham mavjud. Sopol idishlar kulolchilik charxlari yordamida tayyorlangan. Metall ishlash ustaxonalarining qoldiqlari bor. D. m. qabilalari Xarappa madaniyatita mansub aholi bilan iqtisodiy va madaniy aloqada boʻlganlar.


Lotin alifbosida maqola: DEKAN MADANIYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HINDISTON
TOSHKENT
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
XITOY
XORAZM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты