DEMAGIN Vladimir Vasilyevich

DEMAGIN Vladimir Vasilyevich (1924.15.7, Toshkent) — uchuvchi, «Xizmat koʻrsatgan sinovchi-shturman» (1967). Sinovchi-uchuvchilar maktabini tugatgan (1952). Mehnat faoliyatini Toshkentdagi V. P. Chkalov nomidagi aviatsiya zdida yigʻuvchi-parchinlovchilikdan boshlagan (1941—42). 2-jahon urushi qatnashchisi (1942—44). Xarkov harbiy aviatsiya bilim yurtida (1944), Jukovskiy (Moskva viloyati) sinovchi-uchuvchilar maktabida (1952) oʻqigan. Toshkent aviatsiya zdi (xoz. Toshkent aviatsiya i. ch. birlashmasi) uchishsinov st-yasida bortradist (1945—49), sinovchi-shturman (1949—80), qidiruvqutqaruv xizmati boshligʻi (1980—84), navbatchi shturman (1984—92). Toshkent aviatsiya zdida ishlab chiqarilgan LI-2, AN-8, AN-12, AN-22, IL-12 va IL-76 (turli modi-fikatsiyalari) samolyotlarini sinashda qatnashdi, havodagi parvozi 4 mln. km dan ortiq (13000 soat). Koʻplab shturman shogirdlar tayyorlagan. «Jasorat», «Shuhrat» (1994) medallari bilan takdirlangan.


Lotin alifbosida maqola: DEMAGIN Vladimir Vasilyevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
IKKINCHI JAHON URUSHI
AVIATSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты