DENGIZ RAKETA QUROLLARI

DENGIZ RAKETA QUROLLARI — dengiz jangida qoʻllaniladigan raketa qurollari. Ular uzoq masofaga uchib borish xususiyatiga va kuchli portlash quvvatiga ega boʻladi. Taktika-texnika jihatidan reaktiv snaryadlar, boshqariladigan va boshqarilmaydigan reaktiv snaryadlar, ballistik raketalarta boʻlinadi. Bu qurollar dengiz, havo va dengiz qirgʻoqlaridagi hamda olisdagi nishonlarga otish uchun ishlatiladi. Toʻrt sinfga boʻlinadi: «Yer — yer», «Yer — havo», «Havo — havo» va «Havo — yer». «Yer — yer» sinfidagi snaryadlar yer yoki dengizdagi nishonlarga yerdan yoki kemalardan uchiriladi. «Yer — havo» snaryadlari qavodagi nishonlarga yerdan yoki kemadan uchiriladi. «Havo — havo» sinfidagi snaryadlar samolyotlardan qavo nishonlariga otiladi. «Havo — yer» sinfidagi snaryadlar samolyotdan dengizdagi yoki yerdagi nishonlarga uchiriladi.


Lotin alifbosida maqola: DENGIZ RAKETA QUROLLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BOSHQARILADIGAN BALLISTIK RAKETA
OTISH SPORTI
AVIATSIYA
HARBIY SANʼAT
REAKTIV ARTILLERIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты