DIADOXLAR

DIADOXLAR (yun. diadochos — voris, merosxoʻr) — Aleksandrning yirik lashkarboshi va safdoshlari. Uning vafotidan soʻng oliy hokimiyatni egallash va imperiyani boʻlib olish uchun kurash olib borishgan. Diadoxlar orasida Perdikka, Antipatr, Krater, Evmen, Polisperxont, Kassandr, Antigon, Demetriy Poliorket, Lisimax, Selevk I Nikator, Ptolemey kabilar mashhur boʻlgan. Mil. av. 301-y. dagi Ips jangi Diadoxlar oʻrtasidagi kurashning yuqori choʻqqisi boʻlgan. Ushbu jangdan soʻng Aleksandr saltanati tanazzuli boshlanib, mil. av. 3-a. ning 80-y. larida bir qancha mustaqil ellinistik davlatlar (Suriya va Osiyoning boshqa qismlarida barpo etilgan Salavkiylar davlati, Misrda ptolemeylar, Makedoniya va Yunonistonda Antigon va uning avlodlari bosh boʻlgan davlat) ga boʻlinib ketgan.


Lotin alifbosida maqola: DIADOXLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ELLINIZM
HINDISTON
ITALIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
AMIR TEMUR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты