DOLLAR

DOLLAR (ing. dollar, nem. «Taler» soʻzidan) — 1) Amerika Qoʻshma Shtatlari pul birligi. 1786-y. dan muomalaga (kumush D.) kiritilgan. 1 D. = 100 sent. Xalqaro ifodasi USD. AQSH D. xalqaro hisob-kitoblarda keng qoʻllaniladi. Muomalada 100, 50, 20, 10, 5 va 1 D. li qogʻoz pullar; 1 va 0,5, 0,25 0,1 D. li tangalar va 5, 2, 1 sentli tangalar ishlatiladi. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 694 soʻm 83 tiyin (2002-y. 5 fev.).

2) Avstraliya pul birligi. 1966-y. fev. da Avstraliya funti oʻrniga muomalaga kiritilgan. 1 D. = 100 sent. Xalqaro ifodasi AUD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH D. = 1,97 Avstraliya Dollar ; 3) Kanada pul birligi. 1 D. = 100 sent. Xalqaro ifodasi KYD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH D. = 1,53 Kanada D. Shuningdek, Bagama, Barbados Orollari, Beliz, Bermuda Orollari, Bruney, Gayana, Zimbabve, Kayman Orollari, Liberiya, Namibiya, Singapur, Solomon Orollari, Trinidad va Tobago, Fiji, Yamayka, Yangi Zelandiya pul birliklari ham Dollar deb ataladi.


Lotin alifbosida maqola: DOLLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TRINIDAD VA TOBAGO
AQSh dollari
LIBERIYA
PUL ISLOHOTLARI
DINOR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты