DINOR

DINOR (lot. denarius — 10 dan iborat, 10 dan tuzilgan) — 1) Bahrayn pul birligi. 1965-y. okt. dan muomalaga kiritilgan. 1 D. = 1000 fils. Xalqaro ifodasi BHD. Valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 0,377 Dinor ;

2) Bosniya va Gersegovina pul birligi. 1996-y. dan muomalaga kiritilgan. 1 D. = 100 par. Xalqaro ifodasi BAD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 176,84 Dinor ;

3) Jazoir pul birligi. 1964-y. dek. dan muomalaga kiritilgan. 1 D. = 100 sentim. Xalqaro ifodasi DZD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AKD1 dollari = 58,5 D. ;

4) Iordaniya pul birligi. 1950-y. iyuldan muomalaga kiritilgan. 1 D. =100 piastr. Xalqaro ifodasi JOD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 1,41 Dinor ;

5) Iroq pul birligi. 1932-y. apr. dan muomalaga kiritilgan. 1 D. = 1000 fils. Xalqaro ifodasi 1QD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 1200 Dinor ; b) Liviya pul birligi. 1971-y. sent. dan muomalaga kiritilgan. 1 D. =1000 dirham. Xalqaro ifodasi LYD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 0,379 Dinor ;

7) Sudan pul birligi. 1992-y. dan muomalaga kiritilgan. 1 D. = 10 funt (funt = 100 qirsh). Xalqaro ifodasi SDD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 142 Dinor ;

8) Tunis pul birligi. 1958-y. dek. dan muomalaga kiritilgan. 1 D. = 100 frank. Xalqaro ifodasi TND. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari =1,12 D;

9) Yugoslaviya pul birligi. 1994-y. yanv. dan muomalaga kiritilgan. 1 D. = 100 par. Xalqaro ifodasi YUM. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 5,7 D. ; 10) Quvayt pul birligi. 1961-y. okt. da muomalaga kiritilgan. 1 D. = 1000 fils. Xalqaro ifodasi KWD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 0,3035 Dinor (1997); 11) Qadimda musulmon mamlakatlarining oltin tangasi ham Dinor deb yuritilgan. Sharqda 7-a. da birinchi bor zarb qilina boshlagan va 2,4 g oltindan iborat boʻlgan.

Akramjon Mirzaxolov.


Lotin alifbosida maqola: DINOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BOSNIYA VA GERSEGOVINA
JAZOIR
Michael Jackson - Bad
IROQ
IORDANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты