ELEMENTAR ZARRALAR

ELEMENTAR ZARRALAR — materiyaning eng kichik zarralari. Dastlabki maʼnosiga koʻra, Elementar zarralar materiya tuzilishining boshlangʻich boʻlinmas elementlaridir. Elementar zarralardan birinchi boʻlib manfiy elementar elektr zaryadli elektron (ye~) kashf qilingan (J. Tomson, 1897). 1919-yilda Elementar zarralar Rezerford (atom yadrosidan urib chiqarilayotgan zarralarni oʻrganishda) musbat zaryadli va elektron massasiga qaraganda 1840-marta katta massali proton 0)ni kashf qildi. Ingliz fizigi J. Chedvik zarralarning berilliy bilan oʻzaro taʼsirini oʻrganishda neytral zarra — neytron (p) ni kashf qidsi (1932). Neytronning massasi protonning massasiga juda yaqin. Bu uchta zarra (elektron, proton va neytron) atom tuzilishida qatnashadi. Hoz. paytda maʼlumki, boʻlinmas Elementar zarralar hisoblangan proton va neytron murakkab tarkibiy tuzilishga ega.

1900-yilda M. Plank mutlaq qora jism nurlanishi energiyasidan kvantlangan deb foton tushunchasiga asos soldi. Keyinchalik A. Eynshteyn elektromagnit nurlanish fotonlar tarzida yuz berib, muhitda tarqaladi va yutiladi deb fotonning hozirgi zamon tushunchasini yaratdi. Fotonlarning mavjudligi R. Milliken (1912—15) va R. R. Kompton (1922) oʻtkazgan tajribalarda tasdiqlandi.

P. Dirak oʻzi yaratgan elektronning relyativistik nazariyasidagi (1928—31) harakat tenglamasining simmetriyasiga asoslanib, massasi elektron massasiga teng, lekin musbat zaryadli zarra — pozitron (ye+) ning tabiatda mavjudligini nazariy ochgan boʻlsa, amerikalik fizik K. D. Anderson uni kosmik nurlar tarkibida qayd qildi (1932). Mavjudligi yapon fizigi X. Yukava tomonidan yadro kuchlar tabiatini tushuntirishda taxmin qilingan (1935) va massasi 274 elektron massasiga teng boʻlgan neytral musbat va manfiy zaryadli pimezonlarnn ingliz fizigi S. Pauell kosmik nurlar tarkibida aniqladi (1947). K. D. Anderson va amerikalik fizik S. Nedermeyer kosmik nurlar ustidagi tadqiqotlari jarayonida massasi taxm. 207 elektron massasiga teng, boshqa xossalari bilan elektronga oʻxshash musbat va manfiy zaryadli myuonlarni kashf qildilar (1936).

Elementar zarralarga oid kosmik nurlarni oʻrganish bilan bogʻliq kashfiyotlar 50-y. larning boshida qayd qilingan gʻalati xususiyatli bir guruh zarralar — Kmezonlar va giperonlar kashf qilinishi bilan yakunlandi. Keyingi tadqiqotlar Elementar zarralar tezlatkichlarida oʻtkazilib, yuzdan ortiq yangi Elementar zarralar va ularning antizarralari kashf qilindi. Jumladan, P. Pauli nazariy (1930), F. Raynes va K. Kouen tajribada qayd qilgan (1953) neytrino (neytral zarra)ning ikki xili — elektron neytrinosi US va myuon neytrinosi V mavjudligi aniqlandi.

Juda qisqa vaqt yashovchi rezonans E. z. qayd qilindi. Elementar zarralarning xilmaxil xususiyatlarini ifodalash uchun qator yangi kvant sonlari (mas, lepton zaryadi, barion zaryadi, giperzaryad, ajiblik, maftunlik va h. k.) kiritildi.

Elementar zarralar nazariyasining yaratilishi maydonning kvant nazariyasinn rivojlantirish yoʻli bilan bordi. Elementar zarralarning massasi t, elektr zaryadi Ј>, yashash vaqti t va spini 1 ularning umumiy xarakteristikalaridir. Elementar zarralar yashash vaqtiga qarab barqaror («>), kvazibarqaror (yoki metabarqaror, yaʼni barqarordan keyingi; >>10~22 — 10~24 sek) guruhiga ajraladi. Elementar zarralar spini Plank doimiysi N ning butun yoki yarim butun soniga teng. Bir xil zarralardan tashkil topgan ansamblda spin qiymati Elementar zarralar statistikasini ifodalaydi (V. Pauli, 1940). Yarim butun spinli Elementar zarralar — fermionlar Fermi — Dirak statistikasiga, butun spinli Elementar zarralar — bozonlar esa Boze — Eynshteyn statistikasiga boʻysunadi. Jumladan, eng yengil zarralar ikki tipdagi lepton zaryadi ga; elektron va elektron neytrinosi — elektron lepton zaryadiga, manfiy zaryadli myuon va myuon neytrinosi — myuon lepton zaryadiga ega. Leptonlardan ogʻir zarralar — adronlar uchun lepton zaryadlari nolga teng. Adronlar maxsus barion zaryadi (V) bilan ifodalanadi. V=+1 boʻlgan adronlar barionlar, V=0 boʻlgan adronlar mezonlar deb yuritiladi (barionlarga proton, neytron, giperonlar, barion rezonanslari; mezonlarga k va L^mezonlar, bozon rezonanslari kiradi).

Elementar zarralarning oʻzaro taʼsirlashuv jarayonlarida tugʻilish va yoʻqolish (yutilish) xususiyati ularning eng muhim xossasidir. Elementar zarralarda oʻtadigan hamma fizik jarayonlar ularning tugʻilish va yoʻqolish aktlari orqali oʻtadi. Elementar zarralarda tugʻilish va yoʻqolishning mavjudligi Elementar zarralar elementar emasligini, ularning tarkibiy tuzilish xarakteri oʻzaro taʼsirlashuv jarayonlaridagina namoyon boʻlishini koʻrsatadi.


Lotin alifbosida maqola: ELEMENTAR ZARRALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ATOM FIZIKASI
ELEKTR
MAYDON KVANT NAZARIYASI
TOSHKENT
MATERIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты