DOʻPPI

DOʻPPI — yengil bosh kiyimi. Kadimdan eron va turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. Turkiston xalqlari orasida (ayniqsa Oʻzbekiston va Tojikiston hududida) milliy kiyim turiga aylangan. Boshqa xalqlar Doʻppi laridan oʻzbek Doʻppi lari oʻziga xos shakli, bezagi b-n farqlanadi. Doʻppi uch qismdan — tepa (aylana va toʻrtburchak shaklida bichiladi), kizak (gardish shaklida) va jiyakdan tuzilgan, respublikaning turli joylarida turlicha bezatiladi; qismlari birlashtirilganda turlicha koʻrinishga ega boʻladi. Doʻppi tikuvchi usta doʻppidoʻz, Doʻppi tikish kasbi esa doʻppidoʻzlik deb ataladi.

Doʻppi asosan baxmal, sidirgʻa shoyi, satinga ip, ipak, zar iplar bilan kashta tikib tayyorlanadi. Tayyorlangan joyi (Chust, Margʻilon, Toshkent, Shahrisabz va b.), moʻljallangan kishilarning yoshi va jinsi (erkak, ayol, bolalar), shakli (oʻtkir uchli, konnussimon, yarim doyra, chuqur tubli, dumaloq, karjli va b.)ga kura Doʻppilar xilma-xil va rang-barangdir. Dastlabki Doʻppilar shakli oʻtkir uchli qilib salla bilan kiyishga moʻljallab kizagi keng ji-yakli qilib tayyorlangan. 20a. 20-y. laridan Doʻppi shakli oʻzgardi: tepasi duma-loq yoki murabba shaklga ega boʻldi, kizakdagi jiyagi ingichkalashdi.

Oʻzbekistonda Chust, Andijon, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Boysun, Shahrisabz Doʻppilari mashhur. Chust D. si toʻq yashil shoyi yoki satindan 4 karjli qilib tayyorlanadi: tepasining har bir karjida kalampirnusxa yoki bodom shakli, kizagining har bir karjida 4 tadan mehrob (yarim doyra) shakli kashta bilan sidirgʻa qoplab oq (ip yoki ipak) ipda tikiladi. Tayyor Doʻppining tepasi kizagidan murabba shaklida boʻrtib chiqadi (boshqa Doʻppi larning tepasi yarim doyra shaklida boʻladi). Shakli koʻp jihatdan chuyet Doʻppi siga oʻxshash boʻlgan margʻilon D. si gullari (nisbatan ingichka va uzun qalampir shakli)ning sidirgʻa qoplanmasligi bilan farklanadi.

Toshkentning duxoba D. si sidirgʻa baxmaldan, buxoro D. si sidirgʻa yoki gulli baxmaldan tayyorlanadi; buxoro Doʻppi siga rang-barang ipak iplarda yoʻrma usulida kashta tikib bezatilgan jiyak tutiladi.

Iroqi D. Shahrisabzda keng urf boʻlgan, keyinchalik boshqa joylarga tarqalib, har bir mahalliy joyning oʻziga xos bezak usulida yaratila boshlandi. Doʻppining bu turida kashta iplari sugʻirilib toʻr holiga keltirilgan mato (surp)ga rangli ipak yoki ingichka tolali paxta ipi bilan iroqi chok (terma va bosma usuli)da tikiladi (nomi shundan). Iroqi Doʻppining eng yaxshi namunalari Shahrisabz va Kitob doʻppidoʻzlari tomonidan tayyorlanadi. Toshkent va Fargʻona vodiysida keng tarqalgan iroqi nusxa D. ning naqsh mujassamoti rang-barang gulli novdalar, ular orasidagi yashil, koʻk tusli qushcha (bulbul)lar shaklidan iborat. Toshkentning iroqi Doʻppisida oq zaminga atirgullar toʻq va och kizil ipaklarda (baʼzan «Raʼno», «Guli», «Fargʻona tong otguncha» va b.) yozuvlar qoʻshib tikiladi.

Shahrisabzning tepa va kizagi yaxlit (ipak va ipdan) toʻqilgan gilam D. si ham mashhur. Samarqand (Urgut) va Surxondaryo (Boysun)ning dumalok, shaklli piltadoʻzi D. sining naqshi sodda, gullari markazga tomon yoʻnalgan, qaviq choklari esa qovurgʻali yuzani hosil qiladi. Buxoro zardoʻzlarining zardoʻzi-guldoʻzi va zardoʻzi-zamindoʻzi («Yulduz», «Tovus» va b.) D. lari badiiy jiqatdan yuqori baholanadi. Toshkentning sidirgʻa parchadan 4 karjli (karjlari oʻzaro qora xrshiya yoʻllar bilan boʻlingan, har bir karjga yorqin gullagan novdalar tikilgan) Doʻppisi va b. D. lar jozibali qilib tayyorlanadi.

Gulnoz Sharipova.


Lotin alifbosida maqola: DOʻPPI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIYIM
TOSHKENT
OʻZBEKLAR
ERON
IPAKCHILIK SANOATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты