IJTIMOIY MEHNAT TAQSIMOTI

IJTIMOIY MEHNAT TAQSIMOTI — ijtimoiy mehnatning mustaqil vazifalarni bajaruvchi mehnat turlariga ajralishi, yaʼni mehnat faoliyati turlarining alohidalashuvi. Umuman jamiyatda mehnat taqsimoti asosida faoliyatni ayirboshlash yotadi va har bir mehnat turi aniq bir mahsulotni yoki uning bir qismini yaratishga ix-tisoslashadi. Faoliyat turlari boʻyicha mehnat taqsimotining umumiy, xususiy va yakka koʻrinishlari bor. Umumiy mehnat taqsimoti — jamiyat miqyosida yirik mehnat turlarining bir-biridan ajralib, mustaqil yirik sohalarga boʻlinishi (sanoat, q. x., transport va aloqa, qurilish, xizmat koʻrsatish va h. k.). Xususiy mehnat taqsimoti — xalq xoʻjaligining yirik sohalari ichida tarmoqlarning (q. x. da dehqonchilik, chorvachilik, bogʻdorchilik, sanoatda esa undirma va ishlov berish, ogʻir va yengil sanoat, mashinasozlikda esa avtomobilsozlik, traktorsozlik, samolyotsozlik, stanoksozlik kabi tarmoqpar) vujudga kelishi. Yakka mehnat taqsimoti — kouxona, birlamchi xoʻjalik subyekti doirasida boʻladigan mehnat taqsimoti boʻlib, bunda alohida bir mahsulot, mahsulotning tarkibiy butlovchi qismlarini i. ch. boʻyicha ixtisoslashgan mehnat turlari ajralib, alohidalashadi.

Jamiyat taraqqiyoti tarixida birinchi yirik Ijtimoiy mehnat taqsimoti mehnat unumdorligining oʻsishi bilan bogʻliq boʻlib, uning natijasida jamiyatda faqat aqliy yoki jismoniy mehnat bilan shugʻullanadigan kattakatta guruhlar, sinflar (mas, qullar va quldorlar) ga boʻlinish vujudga keldi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning oʻsishi asosida ikkinchi yirik Ijtimoiy mehnat taqsimoti yuz berdi — hunarmandchilik dehqonchilikdan ajrab chiqdi va bu bilan shaharning qishloqdan ajralib chiqishi boshlandi. Hunarmandchilikning deh-qonchilikdan alohidalashuvi natijasida tovar i. ch. yuzaga keldi. Ayirboshlashning kuchayishi bilan uchinchi yirik Ijtimoiy mehnat taqsimoti — savdoning sanoatdan ajralishi yuz berdi.

Mashinalashgan industriyaning paydo boʻlishi va rivojlanishi bilan Ijtimoiy mehnat taqsimotida sanoatning mavqei oʻsib va yanada chuqurlashib bordi. Kapitalizmning rivojlanishi xalqlarning xoʻjalik yuritishdagi yaqinlashuviga, xalqaro mehnat taqsimotining paydo boʻlishiga sharoitlar yaratdi. Jahon hamjamiyati mamlakatlari oʻrtasida xalqaro mehnat taqsimoti I. m. t. ning hozirgi davrdagi eng takomillashgan va barcha mamlakatlarni qamraydigan shaklidir. Xalqaro iqtisodiy integratsiya I. m. t. asosida vujudga kelib, iqtisodiy qoloklikni va xoʻjalik taraqqiyotidagi biryoqlamalikni bartaraf etish va farovonlikni koʻtarishga xizmat qiladi (q. Mehnat taqsimoti).

Ijtimoiy mehnat taqsimoti iqtisodiy qonun boʻlib, unga binoan mehnat turlari uzluksiz ravishda bir-biridan ajralib, yangilari vujudga kelib, ixtisoslashuv yuz beradi va uning unumdorligi ortib boradi. Mehnat taqsimoti va uning asosida ixtisoslashuv natijasida mahsulot ayirboshlash yuz beradi, uning rivojlanishi esa bozor munosabatlarining shakllanib, rivojlanishiga olib keladi.

Hasan Abulqosimov.


Lotin alifbosida maqola: IJTIMOIY MEHNAT TAQSIMOTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ITALIYA
HINDISTON
BUYUK BRITANIYA
AYIRBOSHLASH
BOLGARIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты