HASIP

HASIP — soʻyilgan qoʻy yoki qoramolning tozalangan ichagiga qiyma goʻsht va guruch solib, suvda qayna-tib pishirilgan taom. Ichakni agʻda-rib iliq suvda tuz ishqab bir necha bor yuviladi, bir necha soat qatiq, zardob yoki lavr yaprogi qaynatmasiga (2 soat) bostirib qoʻyiladi. Ivi-tilgan ichak yana bir necha bor yaxshi-lab yuviladi, bir uchi ipda bogʻlanadi va ichiga tayyor qiyma solinadi. Hasip uchun lahm goʻsht, oʻpka (taloq) goʻsht qiymalagichdan oʻtkaziladi, unga mayda chopilgan piyoz, yuvilgan guruch, tuz va murch sepib, suv quyib, yaxshilab aralashtirilib suyuq qiyma tayyorlanadi. Ichakning ochiq tomoniga voronka qoʻyib, suyuq qiyma ichakka quyiladi, toʻlgach uchi bogʻlanib, qozondagi sovuq suvga solinadi, past olovda qaynatiladi. Qaynab chiqishi bilan Hasipning bir necha joyiga igna uriladi (aks holda yorilib ketishi mumkin) va 1 soatcha qaynatiladi. Tayyor Hasipni sovitib, eni 2—3 sm parraklarga, yaxshi qot-magan boʻlsa sal uzunroq (6—8 sm li) boʻlaklarga boʻlib laganda yoki likoplarda ziralangan piyoz bilan birga dasturxonga tortiladi.


Lotin alifbosida maqola: HASIP haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



PIYOZ
QARTA
YER
QAZI
PALOV


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты