HAQORAT

HAQORAT (jinoyat huquqida) — shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash. Beodob muomalada boʻlish turli xildagi xatti-harakatlarda, chunonchi haqoratli soʻz va iboralarni aytish, bino, devorlar va fotosuratlarga haqoratlovchi yozuvlar yozish, beodob qiliqlar qilish, yuziga tarsaki urush, tupurish va h. k. da namoyon boʻladi.

Haqorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan huquqbuzarlik sirasiga kiritilgan. Ushbu kodeksning 41-moddasiga koʻra, Haqorat qilish eng kam ish haqining 20 baravaridan 40 baravarigacha miq-dorda jarima solishga sabab boʻladi.

Birinchi marta Haqorat qilgan shaxslar, agar ularning qilmishlari jinoiy jazolashga tegishli boʻlmasa, maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Haqorat qilish, basharti, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan keyin sodir etilgan boʻlsa, eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan matnda, yoxud ommaviy axborot vositalari orqali Haqorat qilish eng kam oylik ish haqining 200 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki 1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Haqorat qilish jabrlanuvchi oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bogʻliq holda; xavfli retsidivist tomonidan yoki tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa — eng kam oylik ish haqining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 6 oygacha qamoq bilan jazolanadi (Oʻzbekiston Respublikasi JK, 140-modda).

Haqorat qilish har doim muayyan bir shaxsga qaratilgan boʻladi. Muayyan bir shaxsga qaratilmasdan aytilgan uyatsiz-beodob soʻzlar va sh. k. xatti-harakatlar bezorilik deb baholanishi mumkin.


Lotin alifbosida maqola: HAQORAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AYB
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ORDEN VA MEDALLARI
JINOIY JAVOBGARLIK
TUHMAT
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING PREZIDENTI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты