INDUSTRIAL OʻSISH

INDUSTRIAL OʻSISH, industrial ravnaq, industriyalash — mamlakat xalq xoʻjaligining hamma sohalarida, ayniqsa sanoatda qudratli mashinalashgan ishlab chiqarishni barpo etish jarayoni; sanoat, ogʻir sanoatning ilgarilab yuksalib borishi. Industrial oʻsish mamlakat iqtisodiyotida sanoat mahsulotlarini i. ch. ning ustun boʻli-shi, agrar yoki agrarindustrial mamlakatning industrialagrar yoki industrial rivojlangan mamlakatga aylanishini taʼminlaydi. Industrial oʻsish mamlakat xalqxoʻjaligi taraqqiyotini ifodalovchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Bu obyektiv qonuniyat boʻlib, sanoat siyosatining mahsulidir. Industrial oʻsish ikti-sodiy va ijtimoiy taraqqiyot uchun moddiy zamin yaratib beradi. Industrial oʻsishning oʻziga xos xususiyati, surʼati, mablagʻ manbalari, maqsadlari va ijtimoiy oqibatlari har bir mamlakatning tarixiy va iqtisodiy shartsharoitlari, hukmron ishlab chiqarish (mulkchilik) munosabatlari bilan belgilanadi. Industrial oʻsishni ifodalovchi asosiy belgi — bu xalq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi boʻlgan ogʻir sanoatning yuksalishidir. Ogʻir sanoat i. ch. vositalari — metall, koʻmir, neft, gaz, elektr energiyasi; i. ch. kurollari, mashina va mexanizmlar, turli jihozlar, asbob-uskunalar va qurilish materiallari ishlab chiqaradi.

Industrial oʻsish dastlab 18-a. ning oxiri va 19a. ning 1 – choragida dastlab Bukj Britaniyada, soʻngra Yevropaning boshqa mamlakatlari va AQSH da yuz bergan sanoat toʻntarishi davomida amalga oshirildi. 18-a. 60—70-y. larida Angliyaning toʻqimachilik sanoatida dastlab yigiruv, soʻngra toʻquv mashinasi kashf etildi va ular gazlama chiqaradigan korxonalarda qoʻllanildi. Sanoat rivojlanishi davomida mayda tovar i. ch. va qoʻl mehnatiga asoslangan manufakturani siqib chiqargan f-ka — z-d tipidagi sanoat paydo boʻldi, oʻsha davr rivojida mashinalar davrini boshlab berdi. Tarixiy tajribalarning koʻrsatishicha, Industrial oʻsish odatda, yengil sanoatdan boshlanadi, bu soha ogʻir sanoat tarmoqlariga qaraganda kapital quyilmalarni kamroq talab etadi, kapitalning ayla-nuvchanligi tez boradi va foyda koʻp olinadi. Industrial oʻsishning birinchi bosqichida yengil sanoatning ustun oʻsishi AQSHda 19-a. ning 1-yarmida, Rossiya va Yaponiyada 20-a. ning boshlariga qadar davom etgan.

19-a. ning 2-yarmi koʻpgina mamlakatlarda yirik mashinalashgan i. ch. ning ulkan oʻsishi bilan tavsiflanadi. Industrial oʻsish vositalarini i. ch. isteʼmol buyumlarini i. ch. ga nisbatan yetakchi oʻrinni egalladi. Bu esa kengaytirilgan takror i. ch. ning zaruriy sharti edi.

Industrial oʻsish tufayli 20-a. ning 50-y. laridan boshlab hoz. zamon fan-texnika rev-yasi keng avj oldi. U i. ch. da eng yangi, mukammal mashinalar, texnologik jarayonlar, energiya manbalari va materiallardan foydalanishni taqozo etdi. Bu davrda yuz bergan Industrial oʻsish ayrim taraqqiy etgan mamlakatlar-gagina va ayrim sohalargagina xos boʻlgan. Yadro energiyasini egallash, kosmosni oʻzlashtirish, kimyo sanoa-tini rivojlantirish, i. ch. ni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish eng rivojlangan mamlakatlarda amalga oshirildi.

20-a. ning oxirgi choragida ilmiytexnika taraqqiyoti rivojlanayotgan mamlakatlarda ham amalga osha boshladi. Bu mamlakatning ayrimlarida q. x. hisobiga sanaotni rivojlantirish iqtisodiy taraqqiyotning bosh strategiyasi qilib belgilangan.

20-a. ning oxirlariga kelib jahonning turli mamlakatlarida Industrial oʻsish dara-jali oʻrtasida keskin farq yuzaga keldi. Mas, Yaponiya, AQSH, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanadada Industrial oʻsish oʻz choʻqqisiga chiqdi va ular «postindustrial» mamlakatlarga aylandi. Bu paytga kelib ayrim mamlakatlar sanoati rivojlangan davlatlarga, ayrimlari esa qoloq mamlakatlarga aylanib qoldi. Hatto sanoat sohasida iqtisodiy tangliklar yuz berdi. Mas, Rossiya 50 ta eng yirik industrial mamlakatlar orasida ishlab chiqarayotgan mahsulot qiymati boʻyicha 12-oʻringa, Ukraina esa 48-oʻringa tushib qoldi.

Oʻzbekiston hududida Industrial oʻsishning boshlanishi 20-a. ning 20—30-y. lariga toʻgʻri keladi. Bu davrda respublikada neft, elektr energiyasi, q. x. mashinalari, mineral oʻgʻitlar va qurilish materiallari i. ch. ga asos solindi. Sanoatda industrial iqtisodiyotiga xos yangi proporsiyalar yuzaga keldi. 1940-y. umumiy sanoat mahsuloti hajmida ogʻir sanoatining oʻsishi 13,3% ga koʻtarildi (1913-y. da 2%).

2-jahon urushi yillarida Oʻzbekistonga Rossiyaning gʻarbiy r-nlaridan 100 ga yaqin yirik sanoat korxonalari tuda yoki qisman koʻchirib keltirildi; bular orasida samolyotsozlik, elektr-texnika z-dlari, metallurgiya kombinati va q. x. mashinasozlik korxonalari va b. bor edi. 20-a. ning 50-y. lari boshida Oʻzbekistonda Industrial oʻsish nafaqat ogʻir sanoatning rivoji, balki q. x., yengil va oziq-ovqat sanoatning taraqqiyoti b-n ham chambarchas bogʻliq boʻlgan oʻsishga aylandi. Bu davrda ham sanoatning ayrim sohalari yuzaga keldi, shakllandi va rivojlandi.

20-a. ning 90-y. lariga kelib, ayniqsa mustaqillikning dastlabki yillarida, barcha postsovet davlatlarida boʻlganidek, Oʻzbekistonda ham eski respublikararo xoʻjalik aloqalarining uzilishi, yangilarining hali shakllanib ulgurmaganligi va bozor iktisodiyotiga oʻtish munosabati bilan chuqur tuzilmaviy qayta qurishlarni amalga oshirish zaruriyati tufayli Industrial oʻsishda bir qator qiyinchiliklarga roʻbaroʻ kelindi. Chuqur oʻylangan islohotlar strategiyasi tufayli keyingi yillarda Industrial oʻsishda ancha tez surʼatlarga erishildi. Mac, 1999-y. da sanoat mahsuloti i. ch. 5,8% ga, 2000-y. da 6,4% ga, 2001-y. da esa 8,1% ga koʻpaydi. Industrial oʻsish tufayli mamlakat energetika, oziq-ovqat boʻyicha mustaqillikka erishdi. Bunday oʻsish 21-a. bo-shiga kelib Oʻzbekistonning jahon iqtisodiyotida munosib oʻrin egalla-shiga imkoniyat yaratdi. Respublika sa-noatida 1645 ta oʻrta va yirik i. ch. birlashmalari va korxonalari ishlaydi (2000).

Industrial taraqqiyotning 21-a. boshlariga xos asosiy xususiyati shundan iboratki, rivojlanayotgan mamlakatlarda Industrial oʻsish sanoati taraqqiy etgan davlatlar koʻmagida davlat, yirik banklar, sanoat kompaniyalari ishtirokida investitsiyalar kiritish, texnologiyalar, nou-xauni berish, qoʻshma korxonalar shaklida sanoat majmualarini qurish va b. shakllarda ham amalga oshirilmoqda (q. Ogʻir sanoat, Sanoat, Xalqaro mehnat taqsimoti, Jahon xoʻjaligi).

Oʻzbekistonda industrial rivojlanishning asosiy maqsadi dunyo standartlariga mos keladigan, raqobatbardosh i. ch. ni yaratishdan iborat. Bunga erishish uchun industriyani restruktrizatsiyalash (qayta tarkiblash), yaʼni ta-yanch (bazaviy) tarmoklarning ustun rivojlanishini, import oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan ogʻir sanoat tarmoklarni rivojlantirishni davom ettirish va undan eksportga yoʻl tutish kerak boʻladi. Buning uchun katta ilmtalab va yuqori texnologik sohalar (tarmoqlar) ni rivojlantirishga alohida ustuvor ahamiyat beriladi. Ayni vaqtda Industrial oʻsish kichik biznes va yirik biznes integratsiyasini taqozo etadi. Bu esa nafakat kichik biz-nesni, balki ogʻir sanoatning salohi-yatini yanada yuqori darajaga koʻgarishga olib keladi.

Ad. . Karimov I., Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997; Karimov Industrial oʻsish, Oʻzbekiston XXI ayerga intilmoqda, T., 2001; Ulmasbayev Sh. N ., Industrialnoye razvitiye Oʻzbekistana, T., 1966; Hakimova M., Makro-iqtisodiyot (oʻquv qoʻllanma), T., 1997; Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti, T., 1998; Ekonomika Oʻzbekistana i stranы SNG, T., 2001.

Abdurahim Ortiqov, Zarifa Gʻafurova.


Lotin alifbosida maqola: INDUSTRIAL OʻSISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IQTISODIY TARAQQIYOT MODELI
ITALIYA
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
HINDISTON
BUYUK BRITANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты