IRIDIY

IRIDIY (yun. iris, iridos — kamalak; lot. Indium) , Ir — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element, platina metallari turkumiga kiradi. Tartib rakami 77, at. m. 192,22. Tabiiy Iridiy ikkita barkaror izotopdan tashkil topgan: «Chg (37,3%) va |931g (62,7%). I. ning atom radiusi 0,135 nm; ion radiusi (koordinatsion soni 6 ga teng): Ir3t 0,082 nm, Ir*+ 0,077 nm va 1g5+ 0,071 nm. Iridiy — siyrak element. Yer poʻstida massa jihatidan 1 • 10~7% ni tashkil qiladi. Tabiatda Iridiy va osmiy tutgan minerallar tarki-bida uchraydi. Iridiyni 1804-y. da ingliz kimyogari S. Tennat kashf etgan. I. Och kumushrang metall. Suyuklanish t-rasi 2447°, kaynash t-rasi 4380°; zichligi 22,65 g/sm3 (20°), suyuq holatdagi Iridiy ni-ki 19,39 g/ sm3. I. qattiqva moʻrt; Vik-kers boʻyicha qattiqligi 2000 MPa, Brinsel boʻyicha esa 1700—2200 MPa. Oddiy sharoitda havoda barqaror, kislotalar taʼsiriga chidamli. Kislorodli muhitda 600— 1000° da qizdirilganda oz mikdorda dioksid 1gO2 hosil qiladi. IrO2 — qora rangli modda, zichligi 11,655 g/sm3, parchalanish t-rasi 1100° dan yuqori. 1g2O3 — toʻq havorang kristall modsa; 400° da metall Iridiy va kislorodga ajraladi. Iridiy oksidlari suv, kislotalar va ishqorlarda erimaydi; mikroelektronikada rezistiv pastalar tayyorlashda qoʻllaniladi. Iridiy galogenlar, oltingugurt bilan birikib tegishli galogenidlar va sulfidlar hosil qiladi. Sof xrldagi Iridiy maxsus idishlar yuzasini qoplashda, monokristallar (lazer materiallar, qimmatbaho toshlar va b.) oʻstirishda ishlatiladigan tigellar tayyorlashda qoʻllaniladi. Uning «21g radioaktiv izotopi quvurlarni radiografik usudda tekshirishda, shuningdek, tibbiyotda oʻsmalarni radioterapiya usulida davolashda u-nurlar sifatida ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: IRIDIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ITTERBIY
ATOM FIZIKASI
KALIY
ITTRIY
KADMIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты