KADMIY (lot. Cadmium) , Cd — Mendeleyev davriy sistemasining 2 guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 48, at. m. 112,40. 8 ta barqaror izotopdan iborat: 106Cd( 1,22%), (ll8Cd(0,88%), n0Cd(12,39%), mCd(12,75%), ll2Cd(24,07%), mCd(12,26%), ll4Cd(28,85%) va n6Cd(7,58%). Atom radiusi 0,146 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsion son keltirilgan) Cd2+ 0,092 nm (4), 0,101 nm (5), 0,109 nm (6), 0,117 nm (7), 0,145 nm (12). Poling boʻyicha elektromanfiyligi 1,7.
Kadmiyni 1817-y. da nemis kimyogari F. Shtromeyer kashf etgan. Dastlab rux karbonat tarkibidan olingani uchun rux rudasining yunoncha nomi («Kadmeia») bilan atalgan. Tabiatda rux, qoʻrgʻoshin va mis rudalari bilan aralash uchraydi. Kadmiy — siyrak element; uning yer poʻstidagi oʻrtacha miqdori ogʻirlik jihatidan l,3-10~5%, dengiz va okean suvlarida 0,00011 mg/l. K. ning selenid (CdSe), otavit (CdO3) va monteponit (CdO), grinokit (CdS) kabi nodir minerallari maʼlum. Sulfid rudalarida, jumladan, sfalerit minerali (ZnS) tarkibida (0,01—5,0%), galenitda (0,02% gacha), xalkopiritda (0,12%), piritda (0,02%) uchraydi. Bundan tashqari, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar organizmida, oʻsimliklarda ham bor. K. — kumushdek oq, yumshoq, choʻziluvchan, mexanik ishlovga oson beriladigan ogʻir metall. Zichligi 8,65 g/sm1 (20° da) Maos boʻyicha qattiqligi 2, suyuklanish t-rasi 320,9°, qaynash t-rasi 767°. Kimyoviy birikmalarda 2 valentli. Nam havoda Kadmiyning sirti yupqa oksid parda b-n qoplanadi. Bu parda uni keyingi oksidlanishdan saqlaydi. Suyuqlanish t-rasidan yuqori haroratlarda yonib, qoʻngʻir rangli kadmiy oksid (CdO) hosil qiladi. Kadmiy NS1, H2SO4 da, ayniqsa, HNO, da erib, tegishli tuzlar beradi. Ishqorlarda erimaydi. Kadmiy kislorod, oltingugurt, galogenlar va b. bilan reaksiyaga kirishadi. Kadmiyning tuzlari, suv va kislotalarda eriydigan birikmalari zaharli. Kadmiy mis, rux, qoʻrgʻoshin rudalarini qayta ishlashdagi chiqindilardan ajratib olinadi. Yadro reaktorlarida, ishqorli akkumulyatorlarda, maxsus qotishmalar tayyorlashda, boʻyoq olishda, temirni kadmiylashda ishlatiladi.
Ad.: Fedorov P. I., Ximiya i texnologiya malыx metallov. Vismut i kadmiy, M., 1986.