ISITMA TUSHIRUVCHI DORILAR

ISITMA TUSHIRUVCHI DORILAR — termoregulyatsiya markazlariga taʼsir etib, ularning qoʻzgʻaluvchanligini susaytiradigan va teri tomirlarini kengaytiradigan dorilar. Bunday dorilar badan sirtiga koʻproq qon keltiradi, ter chiqishini oshiradi va shu bilan organizmdan tashqariga issiklik chiqishini kuchaytiradi (fenatsetin, antipirin, amidopirin, analgin, paratsetamol, atsetilsalitsil kislota — aspirin va b.). Bular yalligʻlanishni kamaytiradi va ogʻriqni bosadi. Isitma tushiruvchi dorilar koʻpincha birbiri b-n, shuningdek, kofein bilan birga ishlatiladi, mas, analgin + amidopirin + kofein; atsetilsalitsil kislota + fenatsetin + kofein va h. k. Bundan tashqari, reopirin (butadion + amidopirin), baralgin (analgin + pitofenon + feniveriniy) va sedalgin (kodein + kofein + fenatsetin + atsetilsalitsil kislota + fenobarbital) degan preparatlar xam ishlab chiqariladi.


Lotin alifbosida maqola: ISITMA TUSHIRUVCHI DORILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TERI
TERMOREGULYATSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты