IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA — turli mamlakat va rayonlarda i. ch. kuchlarining joylashish xususiyatlari hamda hududiy iqti-sodiyijtimoiy sistemalarning shakllanish qonuniyatlarini oʻrganadigan fan. Uning asosiy vazifalari i. ch. va aholi hayoti b-n bogʻliq soxalarning joylanishiga taʼsir etuvchi omil va sharoitlarni taxlil qilish, vujudga kelgan iqtisodiy geografik vaziyat — i. ch. ning hududiy tarkibi va struktu-rasini baholash, ularni bashorat qilish va boshqarishdan iborat. Shuningdek, Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. ishlab chiqarishni joylashtirish bilan aloqador tabiatdan foydalanish va geoekologik muammolar, davlatning regional siyosati, xoʻjalik strukturasini tartibga solib borishdek muhim vazifalarni oʻrganadi.

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. geografiya fanlari tizimiga kiradi va u, avvalo, tabiiy geografiya bilan chambarchas bogʻliq. Uning tabiiy sharoitlarni oʻrganuvchi boshqa tabiiy fanlar b-n aloqasi, ayniqsa, ekologik muammolarning keskinlashuvi jarayonida yanada kuchaydi.

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. umumiy, sohalar yoki xoʻjalik tarmoklari geogr. si, jahon xoʻjaligi geografiney, aholi geografiney, regional Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. ga boʻlinadi.

Umumiy Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. ishlab chiqarishni yaxlit va uning alohida tarmoklarining joylashish qonuniyatlarini oʻrganadi.

Soha Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. da sanoat geografiyasi, q. x. geogr. si, transport geogr. si keng rivojlanmoqda. Xizmat koʻrsatish sohalari geogr. si, rekreatsiya geogr. si. tabiiy resurelar geogr. si, tibbiyot geogr. si kabilar shakllanmoqda.

Regional Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. aniqmamlakat va r-nlarni tadqiq qiladi va ijtimoiy sohalarning barcha hududiy xususiyatlarini oʻz ichiga oladi.

Oʻzbekistonda Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. ning ilmiyamaliy mohiyati eng avval yangi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar va milliy iqtisodiyotdagi ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqadi. Aynan shu maʼnoda uning asosiy tushuncha va qonuniyatlari, ilmiy gʻoyalari hoz. zamon talabi nuqtayi nazaridan talqin qilinadi. Ayniqsa, bozor munosabatlariga oʻtish davrida i. ch. kuchlarini joylashtirishni davlat tomonidan tartibga solib borish va boshqarish, regional ijti-moiy-iqtisodiy dasturlarning ilmiy asoslarini yaratish, regional va milliy iqtisodiyot rivojlanishini jonlantiruvchi va barqarorlashtiruvchi oʻsish qutb va markazlari, sanoat parklari va texnopolislari, raqobat muhiti, investitsiya makoni, erkin iqti-sodiy integratsiya sharoitlarini vujudga keltirish masalalarini tadqiq qilish muhimdir.

Aholi geogr. si madaniyat, tibbiyot va ijtimoiy geografiya bilan bogʻliq. Uning oʻzi esa aholining joylashishi, aholi manzillarining tiplari va b. xususi-yatlarini oʻrganadi. Aholi geogr. sining deyarli barcha masalalari Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. doi-rasida oʻrganilishi mumkin. Aholi geogr. si Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. ning boshqa tarmoqlari (sanoat geogr. si, qishloq xoʻjaligi geogr. si, transport geogr. si) orasida alohida oʻrin tutadi. Bundan tashqari, siyosiy geogr. masalalari ham Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. ning doirasiga kiritiladi. Siyosiy geogr. oʻrganadigan siyosiy vokealar, mamlakatning geosiyosiy va geo-strategik mavqei koʻp jihatdan maʼlum iqtisodiy sharoitlarning mahsuli sifatida namoyon boʻladi va, aksincha, siyosiy barkamollik xoʻjalik hayotiga katta taʼsir koʻrsatadi.

Iqtisodiy geografik maʼlumotlar antik davr va oʻrta asrdagi geograf va sayyohlarning asarlarida ham uchraydi. Ammo, uning keng rivojlanishi hududiy mehnat taqsimoti, i. ch. ning ixti-soslashuvi hamda savdo va transport taraqqiyotiga bogʻliq. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. ning ahamiyati shoʻrolar imperiyasi parchalangach, mustaqillikka erishgan koʻpgina mamlakatlarning bozor munosabatlariga oʻtish davrida yanada ortdi. Ayni vaqtda Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. ning tadqiqotlari aniq iqtisodiy fanlarning tadqiqotlarini takrorlamaydi. Uning oʻziga xos geografik xususiyatlari mavjud:

1) i. ch. tarmoklarining joylashishi oʻrganilganda ularning butun hududiy majmu-asi birgalikda tahlil qilinadi;

2) muayyan hudud (mamlakat, r-n, aholi punkti) aniq tabiiy va ijtimoiy-tarixiy sharoitlar bilan birga oʻrganiladi;

3) tabiiy-geografik sharoit al-batta eʼtiborga olinadi;

4) tadqiqot jarayonida masalaning hududiy (geografik) tomoniga alohida ahamiyat beriladi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. tabiiy geografiya bilan be-vosita bogʻliq. Oʻrganilayotgan mamlakat yoki r-nning tabiiy sharoiti, foydalanilayotgan yoki foydalanishi mumkin boʻlgan tabiiy resurelarini bilish zarur. Chunki tabiiy sharoit xoʻjalik ixtisosiga, mehnat unumdorligiga, aholi va aholi manzilgohlarining joylashish xususiyatlari ga katta taʼsir koʻrsatadi. Shuning uchun bunday tadqiqotlarda tabiiy sharoit va re-surelarga iqtisodiy baho berish muhim oʻrin tutadi.

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. da iqtisodiy va ijtimoiy xaritagrafiya ham katta ahamiyatga ega. Ushbu yoʻnalishdagi xaritalar iqtisodiy geografik tadqiqotlarning uzviy qismi va natijasidir. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. oʻz tad-qiqotlarida tarixiy-ijtimoiy tahlilga asoslanadi va bu borada tarixiy geografiya, iqtisodiyot tarixi bilan bevosita aloqador. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. koʻpgina boshqa fanlar (etnografiya, statistika, sotsiologiya, demografiya) bilan ham bogʻliq.

Oʻzbekistonda ham anʼanaviy Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g., koʻpgina jahon mamlakatlarida boʻlganidek, asta-sekin oʻz tadqiqot doirasini kengaytirmoqda. Ayni vaqtda Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. kichik masshtabli tadqiqotlardan yirik masshtabli taxlilga, oʻrta va kichik hududlarni chuqur oʻrganishga, amaliy (konstruktiv) masalalarni hal etishga ham ahamiyat bermoqda.

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. yangi shakllanib borayotgan regional iqtisodiyot fani bilan ham chambarchas bogʻliq. Bu ikki fanning tadqiqot obyekti bir, yaʼni i. ch. ning hududiy tarkibi va joylashishidir. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. ushbu muammoni keng koʻlamda — jahon xoʻjaligi, mamlakat va r-nlar, turli hududiy ijtimoiy-iqtisodiy majmualar doirasida oʻrganadi; regional iqtisodiyot, asosan, alohida olingan r-nlar xoʻjaligi bilan shugʻullanadi. Agar Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. iqtisodiylashgan geogr. boʻlsa, regional iqtisodiyot geografiylashgan (hududiylashgan) iqtisodiyotdir.

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. ning tadqiqot va xulosalari i. ch. ni maqsadga muvofiq joylashtirishga imkon beradi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyani hududiy tashkil qilish va taqqoslashda faqat ayrim korxona yoki tarmoq emas, balki bir-biri b-n bogʻliq boʻlgan i. ch. sohalarining butun majmuasi nazarda tutiladi. Koʻp jihatlarni hisobga olib yondashish Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. ning bosh tamoyilidir. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. ning muhim tushunchalaridan biri boʻlgan hududiy mehnat taqsimoti va uning bevosita mahsuli boʻlgan iqtisodiy r-nlar va ularning ichki aloqalari, r-nlararo va xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarini oʻrganish ham Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. ning muhim va-zifalaridan biri. Hududiy mehnat taqsimoti iqtisodiy r-nlarni vujudga keltiruvchi asosiy omildir. Iqtisodiy r-n esa Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. ning asosiy tu-shunchasidir.

Umumiqtisodiy r-nlar, sanoat va q. x. r-nlari, sanoat markazlari mamlakatda i. ch. ni joylashtirish va hududiy mehnat taqsimotini tashkil qilish bir butun jarayonining samarasi, uning ayrim qismlari sifatida tashkil topadi.

Hududiy mehnat taqsimoti Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. ning asosiy tadqiqot obyekti hisoblanadi.

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. hududiy mehnat taqsimoti va iqtisodiy r-nlardan tashqari hududiy i. ch. majmualari va iqtisodiy geografik oʻrin (turli xoʻjalik obyektlarining — vujudga kelganligi, joylashganligi, rivojlanish xususiyatlari)ni ham tadqiq etadi. Hududiy i. ch. majmualarini toʻgʻri tashkil qilish, infrastruktura tizimidan oqilona foydalanish esa iqtisodiy geografik samaradorlikni taʼminlaydi.

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. oʻz tadqiqotlarida bir qancha anʼanaviy va hoz. zamon i. t. metodlaridan foydalanadi. Geografik taq-qoslash, xaritagrafiya, tarixiy, statistik, kuzatish, balans, matematik metodlar shular jumlasidandir. Oʻzbekiston va uning iqtisodiy r-nlarida ishlab chiqaruvchi kuchlarini oʻrganish va xoʻjalikning turli tarmoklarini joylashtirish boʻyicha yirik iqtisodiy geografik tadqiqotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, Oʻzbekiston FAning sobiq Ishlab chiqaruvchi kuchlarni oʻrganuvchi kengashi tomonidan uyushtirilgan Fargʻona va Zarafshon ekspeditsiyalari natijasida iqtisodiygeografik maʼlumotlar toʻplangan. Oʻzbekiston Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. si boʻyicha 3. M. Akramov, A. S Soliyev, A. Roʻziyev va b. ning asarlari mavjud. Oʻzbekistonda iqtisodchi-geograflar davlat tashkilotlari, FA in-tlari, i. t. va loyihalash intlarida respublika i. ch. ini joylashtirish muammolarini hal qilishda hamda xalq taʼlimi sistemasida bevosita faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Yuqori malakali iqtisodchi-geo-graflar va geograflar Oʻzbekiston Milliy un-ti, Samarkand, Fargʻona, Termiz, Namangan davlat untlarida tayyorlanadi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. boʻyicha i. t. ishlari ham ana shu oliy oʻquv yurtlarida, Oʻzbekiston FA Seysmologiya in-ti qoshidagi Geogr. boʻlimi va b. tashkilotlarda olib boriladi.

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va i. g. oldida turgan asosiy vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi siyosiy mustaqilligi va uning iqtisodiyotini bozor munosabatlariga oʻtishidan bevosita kelib chiqib, yangi sharoitda i. ch. ni joylashtirish va boshqarishning nazariy masalalarini ishlab chiqish, milliy iqtisodiyotni hududiy tashkil qilish muammolarini tadqiq qilish, mamlakatni iqtisodiy r-nlashtirish va uning regional siyosatini yaratish, iqtisodiy-geografik ba-shorat boʻyicha tadqiqotlarni kuchaytirish, jahon mamlakatlari oʻrtasidagi mehnat taqsimoti masalalarini oʻrganishdan iborat.

Ad.: Soliyev A. S, Iqtisodiy va ijti-moiy geografiyaning dolzarb masalalari, T., 1995; Soliyev A. S, Qarshiboyeva L. Q., Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari, T., 1999; Saushki n Yu. G., Vvedeniye v ekonomicheskuyu geografiyu, 2 izd. M., 1970; Soliyev A. S, M ahamadal i-yev R., Iqtisodiy geografiya asoslari, T., 1996.

Abdusami Soliyev.


Lotin alifbosida maqola: IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BIOLOGIYA
AHOLI
HINDISTON
BERUNIY
IQTISODIYOT NAZARIYASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты