IQTISODIY MUSTAQILLIK

IQTISODIY MUSTAQILLIK — milliy iqtisodiyotning chet davlatlarga bogʻliqligini kamaytirish va milliy manfaatlarga xizmat qilishi uchun shartsharoitlarning taʼminlanishi. Davlat mustaqiyaligining moddiy ta-yanchi, uni saklab qolish va mustahkamlash sharti hisoblanadi, chunki iqti-sodiy jixatdan taʼminlanmagan milliy mustaqillik oʻzini himoya qila olmaydi, yashovchanlikdan maxrum boʻladi. Jahon mamlakatlari taraqqiyoti tajribalari asosida Iqtisodiy mustaqillikning oʻzaro uzviy bogʻlangan eng muhim mezonlari va koʻrsatkichlari aniqlangan. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin. Milliy mulkning qaror topi sh i — muayyan mamlakatning moddiy va maʼnaviy boyliklari shu mamlakatdagi turli mulk sohiblari egaligida boʻlishi, ularning bu mulkka mustaqil egalik qilish, ulardan foydalanish va erkin, chet el tazyiqisiz tasarruf etish huquqi taʼminlanishi kerak; milliy korxonalar va tashkilotlarning mamlakat iqtisodiyotidagi salmogʻi shu mamlakatdagi chet el mulki salmogʻidan katta boʻlishi lozim; Milliy manfaatlarning ustuvorligi — mamlakat iqtisodiyoti milliy manfaatga xizmat qilishi, yaratilgan daromadlar mamlakatda qolishi, uning katta qismi chet elga olib chiqib ketilmasligi (repatriatsiya), aksincha, iqtisodiyotning milliy subyektlari qoʻlida qolishi, i. ch. natijalari mamlakat aholisi farovonligiga xizmat qilishi zarur. Iqtisodiy mustaqillik tuzilmasi milliy doiradagi takror i. ch. ni taʼminlay olishi kerak. I qti – sodiyotning ochiqligi — I. m. iqtisodiy avtarkizm (biqiqlik) bilan sigʻishmaydi. Iqtisodiy mustaqillik mamlakat iqtisodiyotining chet el tovarlari, kapitali, ish kuchi migratsiyasi uchun muayyan darajada ochiq boʻlishini taqozo etadi. Iqtisodiy mustaqillik mamlakat chet el bilan iqtisodiy aloqalarini oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda va erkin yuritadi. Iqtisodiy taraqqiyot yoʻlini mustaqil tanlash — har bir mamlakat oʻz kelajagini oʻz imkoniyatlari va milliy xususiyatlariga qarab belgilaydi va unga erishish vositalarini erkin tanlaydi. Taraqqiyot mo-dellari xilma-xil, lekin har bir mamlakat sharoitida oʻxshashlik boʻlgan sharoitlarda modellar umumiy boʻlishi mumkin, ularning xar birida oʻziga xos tomonlari albatta mavjud boʻladi va uni amalga oshirish har bir mamlakatning oʻz kuchi va imkoniyatiga tayanadi. Milliy investitsiyalarning ustuvorligi — iqtisodiyot rivojiga qoʻyiladigan inves-titsiyalarning asosiy qismi mamlakatning oʻziga tegishli boʻlishi zarur. Mustaqil mamlakat oʻz investitsiya re-surslarini oʻz iqtisodiyotining rivojiga sarflaydi, ammo xorij in-vestitsiyalaridan ham maʼlum darajada foydalanadi. Xorij kapitali ustidan samarali nazorat — I. m. milliy iqtisodiyotning xorij kapitali uchun ochiq boʻlishini inkor etmaydi, lekin bu kapital faoliyati milliy manfaatlarga putur yetkazmasligi talab kilinadi. Bunga xorij kapitali ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini oʻrnatish orqali erishiladi. Natijada xorij kapitali tomonidan milliy tabiiy boyliklarni talon-taroj qilinishiga, ekologiyaga zarar yetkazishga, ish oʻrinlarini qisqartirishga, milliy kapitalni siqib qoʻyishga yoʻl berilmaydi. Milliy davlat chegaralari ning mavjudligi va ularning daxlsizligi — milliy iqtisodiyotda chegaralarning mavjudligi uni himoya qilish vositalarini yaratishni ham bildiradi. Bular orasida mamlakat iqtisodiyotini chet el tajovuzidan himoya qilishda milliy valyuta va bojxona xizmati eng muhim oʻrinda turadi. Milliy pul birligi mamlakatdagi yagona toʻlov vositasi hisoblanadi, tovar va xizmatlarni faqat shu pulga sotib olish bilan mamlakat tovarlarining chetga tartibsiz chiqib ketishiga yoʻl berilmaydi; bojxona toʻlovlari, litsenziyalar va kvotalar orqali eksport va import tartibga solinadi. Mamlakatning chet ellardan olgan qarzining meʼyorida boʻlishi — xalqaro kredit faoliyat koʻrsatadigan sharoitlarda davlatning chet mamlakatlardan qarz olishi yoki qarz berishi muqarrar hodisa, ammo chetdan olingan qarzning meʼyordan oshib ketishi moliyaviy qaramlikni paydo etadi. Bunga yoʻl qoʻymaslik uchun qarzdorlik meʼyori nazorat qilinadi. Bu meʼyorni aniqlashda qarz miqdori mamlakat yalpi ichki mahsuloti (YAIM) va eksport hajmi b-n taqqoslanadi. Odatda, qarz mikdori YAIMning 50% dan ortmasligi talab kilinadi, ayni paytda karzni eksportdan tushgan valyuta hisobidan qoplash imkoni xam boʻlishi eʼtiborga olinadi.

Iqtisodiy mustaqillik mutlak, emas, balki nisbiydir. Global sharoitlar oʻzgarishi bilan Iqtisodiy mustaqillik mezonlari va koʻrsatkichlari oʻzgaradi, chunki mamlakat iqtisodiyotiga tashqi sharoitlarning taʼsiri kuchayadi.

Iqtisodiy mustaqillik koʻrsatkichlari mamlakatlarning integratsiyalashuv darajasiga nisbatan teskari mutanosiblikka ega. Mamlakatlar qanchalik chuqur iqtisodiy integratsiyalashgan boʻlsa, milliylikdan globallik (umumiylik) tomon rivojlanish shunchalik jadallashganligidan darak beradi.

Ashsher Vahobov.


Lotin alifbosida maqola: IQTISODIY MUSTAQILLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



DAVLAT KAPITALIZMI
BUYUK BRITANIYA
ITALIYA
HINDISTON
DAVLAT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты