IQTISODIY STATISTIKA

IQTISODIY STATISTIKA — statistika tarmogʻi va davlat statistikasi organlari amaliy faoliyatining eng muhim yoʻnalishlaridan biri, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning miqdoriy tavsifini sifat mazmuni b-n bogʻliklikda, aniq makon va zamonda oʻrganadi. Xalq xoʻjaligini bir butunlikda oʻrganish uchun Iqtisodiy statistika statistika fanining bir qismi sifatida xalqxoʻjaligi yigʻma koʻrsatkichlari tizimini ishlab chiqadi. Bu koʻrsatkichlar yordamida mamlakat iqtisodiy hayotining eng muhim tomonlari toʻgʻrisida har tomonlama miqdoriy tavsiflarberiladi. Ix. maʼlumotlari iqti-sodiy jarayonning va umuman iqtisodiyotning barcha asosiy jihatlarini doimiy tarzda miqdoriy jihatdan baholash imkoniyatini beradi. Bu maʼlumotlar, eng avvalo, davlat boshqaruv idoralariga iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish bilan bogʻliq masalalarni hal etish uchun zarur.

Iqtisodiy statistika mustaqil fan boʻlishi bilan birga iqtisodiy nazariya va b. amaliy iqtisodiy fanlarga chambarchas bogʻliq. Mac, nazariyotchilar tomonidan oʻrtaga tashlangan muayyan qarashlar statistik koʻrsatkichlar yordamida asoslanadi yoki iqtisodiy jarayonga tegishli statistik koʻrsatkichlarni tahlil qilish orqali iqtisodiy qonuniyatlar, tendensiyalar ifodalab beriladi.

Iqtisodiy statistikada iqtisodiyotni oʻrganishga tizimli yondoshiladi; muayyan iqtisodiy jarayon oʻrganilayotganda bir nechta koʻrsatkichlardan foydalaniladi. Bir jarayenning turli jihatlarini aks ettiradigan koʻrsatkichlarning oʻzaro bir-biriga muvofiq kelishi muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy statistikada tadqiq etiladigan hodisalarning oʻziga xos tomonlarini hisobga olgan holda ommaviy (yalpi) kuzatish, tanlab kuzatish, statistik guruhlash, indeks usuli, kor-relyatsion taxlil, balans va geografik usullar, xalqaro qiyosiy usullar kabi statistika usullari qoʻllaniladi. Ay-rim hollarda matematik statistika usullaridan foydalaniladi.

Oʻzbekistonda Iqtisodiy statistika amaliyoti bilan alohida vazirlik — Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi va uning viloyat, shahar va tuman boʻlimlari shugʻullanadi.


Lotin alifbosida maqola: IQTISODIY STATISTIKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IQTISODIYOT NAZARIYASI
BERUNIY
HINDISTON
DAVLAT KAPITALIZMI
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты