IQTISODIY HAMKORLIK VA TARAQQIYOT TASHKILOTI, Organisation for Economic Cooperation and Dovelopment (OECD) — Yevropadagi davlatlar birlashmasi. 1948-y. da AQSH tashabbusi bilan Yevropani tiklash boʻyicha Amerika iqtisodiy va moliyaviy yordamini (Marshall rejasi) oqilona ishlatish va shu yordamni oladigan Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik qilish maqsadlarida tuzilgan Yevropa iqtisodiy hamkorlik tashkiloti vorisi tarzida tashkil topdi. Bu tashkilotni tuzish toʻgʻrisida konvensiya 1960-y. 14 dek. da Parijda imzolanib, 1961-y. 1 okt. dan kuchga kirgan. Tashkilotda 21 mamlakat — Avstraliya, Avstriya, AQSH, Belgiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Gretsiya, GFR, Daniya, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Lyuksemburg, Norvegiya, Portugaliya, Turkiya, Fransiya, Finlyandiya, Shveysariya, Shvetsiya, Yaponiya, Yangi Zelandiya qatnashadi. Rasmiy jihatdan tashkilot shartnomani imzolagan mamlakatlarda iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, iqtisodiyotni yuksaltirish va aholi turmush darajasini yaxshilash, moliyaviy barqarorlikni saqlashni nazarda tutadi. Tashkilotga aʼzo davlatlarning rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam koʻrsatish, davlatlar mintaqasida aʼzodavlatlar siyosatini mu-vofiklashtirish nuli bilan iqtisodiy va ijtimoiy barkarorlikni taʼminlashga hissa qoʻshadi. Tashkilot faoli-yatiga tashkilotda qatnashuvchi mamlakatlarning vakillaridan iborat ken-gash raxbarlik qiladi. Tashkilot ido-rasi Fransiya (Parij)da joylashgan.