JINOYAT ISHIDA FUQAROVIY DAʼVO

JINOYAT ISHIDA FUQAROVIY DAʼVO — jismoniy yoki yuridik shaxsning jinoyat oqibatida yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida keltirilgan moddiy zararni undirish toʻgʻrisidagi talabi. Bu daʼvo jinoyat ishi yuzasidan tergov va sud boʻlayotgan vaqtda aybdorga yoki uning harakatlari uchun zimmasiga moddiy javobgarlik yuklatilgan shaxslarga nisbatan qoʻzgʻatilib, sudda jinoyat ishi b-n birga koʻriladi (Oʻzbekiston JPK, 276-modda). Bunday daʼvoni jabrlangan har qanday shaxs, shu jumladan, vafot etgan odamning qaramogʻida boʻlganlar ham qoʻzgʻatishga haqli. Jinoyat ishida fuqaroviy daʼvo davlat poshlinasi toʻlashdan ozod qilinadi va bunday daʼvo jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan vaqtdan boshlab sud tergovi boshlangunga qadar qoʻzgʻatilishi mumkin. Daʼvo jinoyat ishi boʻyicha tergov olib borayotgan organ yoki sudga beriladi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror — qaror, sud esa — ajrim chiqarib, daʼvo qoʻzgʻatgan shaxsni fuqaroviy daʼvogar deb tan oladi. Davlat yoki jamoat manfaatlarini, shuningdek, fuqaro huquqlarini muhofaza qilish uchun zarur boʻlgan hollarda prokuror ham daʼvo qoʻzgʻatadi yoki jabrlanuvchining daʼvosini qoʻllabquvvatlaydi. Jinoyat ishida fuqaroviy daʼvoni taʼminlash maqsadida ayblanuvchining, gumon ostidagi shaxsning yoki fuqaroviy javobgarning mulki xatlab qoʻyiladi (290-modda). Qoʻzgʻatilgan daʼvoning asosliligi masalasi sud hukm chiqarayotgan paytda hal qilinadi (457-modda). Sud sudlanuvchini aybdor deb topib, Jinoyat ishida fuqaroviy daʼvoning asoslari va miqdorini qanchalik isbot etganiga qarab, uni toʻla yoki qisman qanoatlantiradi yoxud jinoyat oqibatida moddiy zarar yetkazilmagan deb topsa, daʼvoni rad qiladi.


Lotin alifbosida maqola: JINOYAT ISHIDA FUQAROVIY DAʼVO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: J harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ADVOKAT
AYB
YER
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты