KAʼBA

KAʼBA (arab. — kub) — islom dinining eng muqaddas ibodatxonasi, musulmonlarning bosh sajdagohi. Saudiya Arabistonining Makka sh. da. Baytul xarom (Muqaddas uy), Baytulloh (Alloqning uyi) deb ham yuritiladi. Uni ziyorat qilish — haj va umraning asosiy amallaridan biri.

Kaʼba Harom masjidi (q. al-Masjid al-Harom)ning markazida joylashgan, bal. 15 m va poydevori 12×10 m oʻlchamda toshdan qurilgan bino; meʼmoriy yodgorlik. K. burchaklari taxm. dunyo tomonlari yoʻnalishida joylashgan. Sharqiy burchagi asvod rukni («qora burchak») yoki oddiy rukn deb ataladi. Unga yerdan taxm. 1,5 m balandda tokcha qilinib, «qora tosh» (arabcha «hajar al-asvod») joylangan. U K. dagi asosiy tavof qilinadigan narsa, yer yuzidagi odamlarga Alloh tomonidan yuborilgan, Alloh qudratining belgisi hisoblanadi. Hoz. vaktda u bir-biriga qoʻshilib ketgan qora-qizgʻish tusdagi uch sinikdan iborat; meteorit degan taxmin bor. Shim. burchagi Iroq burchagi, gʻarb burchagi — Suriya burchagi, jan. burchagi esa — Yaman burchagi deb ataladi. Kaʼbaga qora mato (kisva) qoplab qoʻyiladi, matoga oltin va kumush harflarda xrshiya qilib Kaʼba va hajga taallukli oyatlar yozilgan. Shim.-sharqiy devorda 2 m cha balandlikda oʻyma naqsh bilan bezatilgan kumush zanjirli eshik bor. Kaʼbaga chiqiladigan gʻildirakli zinapoya oʻyma naqsh b-n, kumush qoplab jozibador bezatilgan. Kaʼba ichkarisida uchta ustun boʻlib, koʻpdan koʻp chiroq osilgan, sovgʻa qilingan Qurʼon nusxalari saqlanadi. Shim.gʻarbiy devorning tomidan tilla suvi yugurtirilgan tarnov koʻrinib turadi, u almizob yoki mizob ar-rahma deb ataladi. Shu tarnov bilan gʻarbiy burchak oraligʻi qibla hisoblanadi. Kaʼbani tosh yotqizilgan yoʻlka oʻrab turadi. Bu yoʻlkadan ziyoratchilar yurib aylanib oʻtishadi (tavof qilishadi). Eshik roʻparasida Ibrohim maqomi bor, u tosh inshoot boʻlib, Kaʼbani tiklayotganda Ibrohim (as) shu toshda turgan deydilar. Toshda odam izlari koʻrinadi. «Qora tosh» yaqinida muqaddas Zamzam bulogʻi bor.

Kaʼba islomdan ilgari ham arab qabilalarining muqaddas ibodatxonasi hisoblangan, unda qabila xudolarining 360 sanami saqlangan. Har yili arab qabilalari Kaʼbaga haj qilishga kelib turganlar. Haj qilish odati keyinchalik islomga ham oʻtgan.

Kaʼba ibodatxonasining qurilishi haqida turli rivoyatlar bor. Aytishlaricha, Odamato Baytullohni bunyod etgan, keyin uning oʻgʻli Shis qurgan. Toʻfon paytida Kaʼba havoga koʻtarib qoʻyilgan. Keyin yana buzilgan. Ibrohim (as) Makkaga oʻz oʻgʻli Ismoilni olib kelganda Alloh unga Kaʼba poydevorini tiklashni buyurgan. Ibrohim Alloh amrini bajargan va Allohga sigʻinuvchi barcha odamlarga uni ziyorat qilishni vasiyat etgan. Kaʼbaga keyin Makkaning jurhum, xuza, quraysh qabilalari navbatma-navbat qarab turishgan. Kaʼba bir necha bor sel va toshqinlardan zarar koʻrgan. Rivoyat qilishlaricha, Muhammad (sav) bu yerda taʼmirlash ishlarida qatnashgan va oʻsha vaqtda birinchi bor unga vahiy kelgan.

K. Yasrib (Madina)da qibla deb eʼlon qilingach (bungacha Quddusga qarab ibodat qilinar edi), uning ahamiyati juda oshib ketdi. Kaʼba islomning din sifatida shakllanishida katta rol oʻynadi. Kaʼbani dinsizlardan ozod qilish va uni sanamlardan tozalash Muhammadning zimmasiga tushdi, ungacha bu vazifani Ibrohim (as) bajargan edi. Muhammad boshchiligidagi musulmonlar 629-y. Makkaga kichik haj qilishdi, 630-y. Makkani egallashdi va Kaʼba atrofidagi sanamlar, uning ichidagi Xubal deb atalgan butni, yozuvlarni yoʻq qilishdi. Shu yili Abu Bakr (ra) rahbarligida birinchi haqiqiy musulmon haji ado etildi. Butparastlarga haj qilish man etildi. 631-y. Muhammad oxirgi marta haj ziyoratchilariga boshchilik qildi.

Xalifa Umar (ra) davrida Kaʼba yonidagi uylar buzib tashlandi va uning atrofida Harom masjidi qurildi. 683-y. K. ni umaviy qoʻshinlari oʻqqa tutdi. Keyin u kayta tiklanib, kengaytirildi. 929-y. Makkani qarmatlar bosib oldi va «qora tosh»ni olib ketishdi. Oradan 20 y. oʻtgach, bu toshni qaytarib olishga muvaffaq boʻlindi. Asta-sekin Kaʼba tevaragida turli inshootlar, jumladan, asosiy musulmon mazhablarining minbarlari tiklandi. Ular saudiy hukmdorlar 20-a. ning 50—60-y. larida olib borgan katta taʼmirlash vaqtida olib tashlandi. 1980-y. Makkadagi masjid va Kaʼbani bir guruh ekstremist isyonchilar bosib oldi. 2 haftadan soʻng masjid tozalanib, isyonchilar tor-mor qilindi.

Kaʼba butun dunyo musulmonlarining eng muhim markazi va birligi ramzi boʻlib keldi, hozir ham shunday boʻlib turibdi. Islom dinidagi barcha oqimlar uning muqaddasligi va alohida rolini tan oladilar. Har yili dunyoning hamma chekkalaridan musulmonlar haj ibodatini ado etish uchun bu yerga keladilar.


Lotin alifbosida maqola: KAʼBA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SAUDIYA ARABISTONI
YER
ISLOM
TOSHKENT
IROQ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты