KVADRAT (lot. quadratus — toʻrtburchak-li) — 1) tomonlari teng boʻlgan toʻgʻri burchakli toʻrtburchak. Kvadratning karama-qarshi tomonlari oʻzaro parallel, diagonallari oʻzaro teng va perpendikulyar boʻladi;
2) burchaklari oʻzaro teng boʻlgan romb;
3) a sonining Kvadrati shu sonlar koʻpaytmasiga teng,a2=oxa. Kvadrat soʻzi tomonlari a ga teng kvadrat yuzining ikki tomoni koʻpaytmasiga tengligidan olingan.