KVANT ELEKTRODINAMIKA

KVANT ELEKTRODINAMIKA — mapdon kvant nazariyasiiiig elementar zarralarnit elektromagnit maydon b-n oʻzaro taʼsirini oʻrganuvchi boʻlimi. Klassik elektrodinamikaaa elektromagnit maydonning faqat uzluksiz xossalari hisobga olinsa, Kvant elektrodinamikada elektromagnit maydonning uzlukli (diskret) xossasi ham eʼtiborga olinadi. 1900-y. da M. Plank mutlaq qora jism nurlanishida monoxromatik yorugʻlik diskret energiya (kvant) holida boʻlishini gipoteza tarzida aytgan. 1905-y. da A. Eynshteyn elektromagnit nurlarning tarqalishi va yutilishi kvantlangan boʻlishini, 1917-y. da esa fotonning nurlanishi va yutilishi ehtimolligi tushunchasini ifodalab berdi. P. Dirak 1927-y. da nurlanishning kvant nazariyasini yaratdi. P. Dirak tenglamasi elektronlarning elektromagnit maydoni bilan oʻzaro taʼsirlashuvini hal qilib, elektronlarning fotonlarni chiqarishini, tormoz nurlanishni, elektron-pozitron juft annigilyatsiyasi va b. hodisalarni tushuntirdi. V. Pauli, V. Geyzenberg, E. Fermi va b. olimlar Kvant elektrodinamika masalalarini hal qilish uchun bir qancha sxemalarni taklif etdi. Atomlarning gʻalayonlanishi, vakuumning qutblanishi ham Kvant elektrodinamikaning asosiy masalalari hisoblanadi. Zaryadli zarralar elektromagnit maydonda boʻlmaganda maydon xossalarini kvant mexanikanit umumiy usullari bilan tahlil qilish mumkin.

Kvant elektrodinamika real fizik jarayonlar roʻy beradigan (toʻlqin vektori) vakuumda tekshirishlar olib boradi. Vakuum holatda maydon eng kam energiyaga ega boʻladi, unga energiya berilsa, maydon uygʻongan holatga oʻtadi, yaʼni zarralar paydo boʻladi. Zarralarning paydo boʻlishi va yoʻqolishi (boshqa zarraga aylanishi) kvant mexanikada ikkilamchi kvantlash usuli bilan tushuntiriladi. Elektromagnit nurlanish bilan zaryadli zarralarning oʻzaro taʼsiri Kvant elektrodinamikada zarralarning fotonlar yutishi va chiqarishi bilan tushuntiriladi. Klassik elektrodinamikada tushuntirish mumkin boʻlmagan jismlarning issiqlik nurlanishi, rentgen nurlar sochilishi, atomlarning fotonlar chiqarishi va yutishi, tashqi maydonda elektronlar sochilishi va h. k. masalalar Kvant elektrodinamikada muvaffaqiyatli hal qilingan. Kvant elektrodinamika zamonaviy fizikaning koʻpgina sohalarida keng qoʻllaniladi, u lazerlarnn, termoyadro plazmalarni olishda, zaryadlangan zarralar tezlatkichlari qurilmalarini hisoblashda asos boʻlib xizmat qiladi.


Lotin alifbosida maqola: KVANT ELEKTRODINAMIKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FIZIKA
MAYDON KVANT NAZARIYASI
OPTIKA
ELEMENTAR ZARRALAR
KVANT MEXANIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты