JUKOVSKIY Vasiliy Andreyevich

JUKOVSKIY Vasiliy Andreyevich [1783.29.1(9.2), Tula viloyati – 1852.12(24).4, Baden-Baden, Germaniya] — rus shoiri. Peterburg FA faxriy aʼzosi (1827), akad. (1841). Ijodini sentimentalist sifatida boshlab («Qishloq qabristoni», 1802), rus romantizminmng asoschilaridan biriga aylangan. Sheʼriyati gʻamgin oʻylarga, romantik ruhda qayta ishlangan xalq tasavvuridagi obrazlarga boy («Lyudmila», 1808; «Svetlana», 1808—12; «Kassandra», 1809; «Eolova arfa», 1814 va b. balladalari). «Uxlayotgan oʻn ikki dev» (1817) dostoni muallifi. Gomer («Odisseya»), F. Shiller, Jukovskiy Bayron asarlarini, «Shohnoma» (Firdavsiy), Hindiston xalqlari eposi «Mahabharata»lan parchalar tarjima qilgan. «Odisseya», «Mahabharata» asarlari oʻzbek tiliga Jukovskiyning rus tilidagi tarjima varianti asosida oʻgirilgan.


Lotin alifbosida maqola: JUKOVSKIY Vasiliy Andreyevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: J harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HINDISTON
GERMANIYA
ROSSIYA
FIRDAVSIY Abulqosim Tusiy
SHOHNOMA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты