JOʻRAQULOV

JOʻRAQULOV Umarqul (1894 — Samarkand — 1973.22.3) — kulol, Oʻzbekiston xalq rassomi (1953). Otasi usta Joʻraqul Qobulovdan hunar oʻrgangan. Sopol idishlar, badiiy buyumlar tayyorlash bilan shugʻullangan. Samarqand hunarmandchilik sanoat texnikumida dars bergan (1930—32). Boʻrtma naqshlari boʻyab bezatilgan lagan, tovoq, kosa kabi idishlar (oʻrdak, lagan, shokosa, koʻza va b.), oʻyinchoq (xushtak)lar ishlab, kulollikning Samarqandgagina xos uslubi (kulollik maktabi)ni yaratgan. Joʻraqulov ishlagan badiiy buyumlar respublika va chet mam-lakatlar muzeylarida saqlanadi. Koʻplab shogirdlar tayyorlagan.


Lotin alifbosida maqola: JOʻRAQULOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: J harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMALIY SANʼAT
TOSHKENT
KULOLLIK
XALQ IJODI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты