KLOUNADA

KLOUNADA (ing. clown, lot. colonus — qoʻpol odam) — sirk janri, ekssentrika, buffonada, grotesk, taqlid vositalari asosida komik obraz yaratish sanʼati. Uning eng yaxshi namunalari ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlib, hayotning salbiy tomonlarini fosh etadi. Klounadalik sanʼatiga harakatning soʻzga nisbatan ustunligi, voqeani boʻrttirib koʻrsatish, sirkning badiiy ifoda vositalaridan keng foydalanish kabi xususiyatlar xosdir. Klounada shartli ravishda uchta asosiy yoʻnalish (pantomima, soʻz va musiqali Klounada)ga boʻlinadi.

Sirkning alohida janri sifatida Klounada 19-a. ning 1-choragida shakllangan. Birinchi mashhur kloun J. B. Oriol boʻlgan (Olimpiya teatr-sirki, 1834 i.). Yevropa va rus sirkida hajviy, kulgili, hazilmutoyibali koʻrinish va sahnalarni bajaruvchilar Beliy kloun va Rijiy kloun deb yuritilgan.

Oʻzbekistonga Klounada sanʼati 19-a. ning oxirlarida kirib keldi. Gastrolga kelgan sirk jamoalarida tomoshalar klounlar tomonidan turli qiziqchilik, fars, pantomimalar bilan bezab koʻrsatilgan va ular mahalliy tomoshabinlarda katta qiziqish uygʻotgan. Anʼanaviy oʻzbek teatri aktyorlari — masxaraboz va qiziqchilar sirk klounlari bilan ijodiy aloqa oʻrnatganligi natijasida ularning repertuari zamonaviy Klounadalar bilan boyidi va ular sirk maydoniga qadam qoʻydilar. Yusufjon qiziq Shakarjonov, Usmon qori Raimbekov, Orifjon Toshmatov, Zokirjon Ovulov, Ibrohim qiziq Teshaboyev va b. Ular rus klounlaridan koʻchirma qilmay, balki ijodiy yondashganlar. Natijada oʻnlab yaxshi tanilgan sirk Klounada lari asosida milliy Klounada namunalari («Asalari», «Durbin», «Shayton», «Sartarosh», «Aka-uka», «Boks» va b.) yaratilgan. Oʻzbek Klounadasi asta-sekin dorbozlar sanʼatiga xam singib bordi.

20-a. da oʻzbek Klounada sining rivojlanishiga K. Zarifov, M. Zarifova, A. Yusupov, O. Toshkanboyev, E. Parpiyev, N. Nurmatov, G. Zastavnikov, X. Musin, F. Sharifboyev, N. Hakimovlar katta hissa qoʻshishgan. Ular masxaraboz va qiziqchilik anʼanalarini zamonaviy sirk bilan uzviy bogʻlab, oʻzbek Klounada sining eng yaxshi namunalarini yaratishdi va ularni jahon sirki maydoniga olib chiqishdi. Hozirgi kunda Klounada janrida J. Toshkanboyev, U. Zarifov, F. Qoraboyev va b. samarali ijod qilmokdalar. Milliy Klounadalar xalq anʼanaviy sirk guruhlari dasturidan ham oʻrin olgan. Sirk masxarabozlarining sahnaviy chiqish matni ham Klounada deb yuritiladi.

Poʻlat Toshkanboyev.


Lotin alifbosida maqola: KLOUNADA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
XALQ IJODI
SIRK
XITOY
TEATR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты