LYUDOVIK

LYUDOVIK (Louis) — Fransiyada qirollar sulolasi. Eng mashhurlari: Lyudovik VII (1119/1121 – 1180.18.9, Parij) — qirol (1137-y. dan). Kapetinglar sulolasidan. 2-salib yurishi (1147—49) yoʻlboshchilardan biri. 1152-y. Akvitaniya gersoginyasi Aliyenora bilan boʻlgan nikohi bekor qilingach, Fransiya Akvitaniyadan vaqtincha mahrum boʻlgan.

Lyudovik VIII (1187.5.9, Parij – 1226.8.11, Monpansye) — qirol (1223-y. dan). Kapetinglar sulolasidan. Inglizlar bilan urushib Puatu, Perigor va b. fransuz hududlarini qaytarib olgan. 1226-y. albigoychilar (bidʼatchi diniy harakat qatnashchilari)ga qarshi urushga rahbarlik qilgan.

Lyudovik IX Avliyo (1214.25.4, Puassi — 1270.25.8, Tunis) — qirol (1226-y. dan). Kapetinglar sulolasidan. Davlat hokimiyatining markazlashtirish yoʻlida islohotlar oʻtkazgan. 1248-y. va 1270-y. dagi 7,8 – salib yurishlariga rahbarlik qilgan. Parij bitimi (1259)ni imzolagan.

Lyudovik XI (1423.3.7, Burj – 1483. 30.8, Plessi — Le—Tur) — qirol (1461-y. dan) Valua sulolasidan. Markazlashtirish siyosatini olib borgan. Gʻalayonlarni bostirgan. Anju, Pikardiya va b. hududlarni qirollik domenkta qoʻshib olgan.

Lyudovik XII (1462.27.6, Blua – 1515. 1.1, Parij) — qirol (1498-y. dan). Valua sulolasidan. 1499-y. gi harbiy yurishi bilan Italiya urushi (1494—1559)ni qaytadan boshlagan. Harbiy, sud, soliq, pul tizimida islohotlar oʻtkazgan.

Lyudovik XIV (1638.5.9, Sen-Jermenan-Le — 1715.1.9, Versal) — qirol (1643-y. dan). Burbonlar sulolasidan. Uning davrida Fransiyada mutlaq hokimiyat oʻzining eng yuqori choʻqqisiga chiqqan. Rivoyatlarga koʻra, «Davlat — bu men» degan ibora L. XIV ga tegishli. Fransiya hududini kengaytirish maqsadida olib borgan toʻxtovsiz urushlar, qirol saroyining katta xarajatlari, soliklarning oshishi, diniy taʼqiblar xalq qoʻzgʻolonlariga sabab boʻlgan.

Lyudovik XVI (1754.23.8, Versal — 1793.21.1, Parij) — qirol (1774—92 y. lar). Burbonlar sulolasidan. Buyuk Fransuz inkilobi boshlangach, xorijiy davlatlarni Fransiyaga qarshi qurolli yurish boshlashga undagan. Xalq qoʻzgʻoloni natijasida taxtdan agʻdarilgan (1792-y. 10 avg.) Aksil inqilobiy faoliyati uchun Konvent tomonidan sud qilinib, oʻlimga hukm etilgan; qatl qilingan.

Lyudovik XVIII (1755.17.11, Versal — 1821.16.9, Parij) — qirol (1814 — 15 va 1815—24). Burbonlar sulolasidan. Buyuk fransuz inqilobi davrida (1789 — 94) xorijdagi fransuz aksil inqilobchilari raxbari. Napoleon I taxtdan agʻdarilgach, xorijiy davlatlar koʻmagida hokimiyatni egallagan.


Lotin alifbosida maqola: LYUDOVIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: L harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
TUNIS
XITOY
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
ЛЮДОВИК


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты