LYUTOSLAVSKIY

LYUTOSLAVSKIY (Lutoslawsky) Vi told (1913.25.1 — Varshava — 1994) — polyak kompozitori, dirijyor, pianinochi. Shvetsiya Qirollik musiqa akademiyasi aʼzosi (1962), zamonaviy musiqaning Xalqaro jamiyati vitse-prezidenti (1965-y. dan), Varshava unti va b. oliy oʻquv yurtlari dri (1973). Varshava konservatoriyasining fortepiano (1936) va kompozitsiya (1937) sinflarini tugatgan. 1962-y. dan Yevropa va Amerika mamlakatlarida kompo-zitsiyadan dare bergan. Ilk asarlari neoklassitsizm uslubiga yaqin. «Sileziya triptixi» (1951), Orkestr uchun konsert (1954) va b. asarlarida polyak folklornыy zamonaviy kompozitorlik uslublari bilan bogʻlagan. B. Bartok xotirasiga bagishlangan «Motam musiqasi» (1958), «Venetsian oʻyinlari» (1961), «Anri Mishoning 3 poemasi» (1964), «Orkestr uchun kitob» (1968), 3 simfoniya (1947—84)si va b. mashhur. Aleatorika, nazoratli dodekafoniya, sonoristika va b. zamonaviy uslublar asosida yaratilgan asarlari teran maʼnosi, musiqa tilining oʻziga xosligi, orkestr vositalarining yorqinligi, kompozitsion mukammalligi bilan ajralib turadi. Polsha davlat (1952, 1955, 1964), YUNESKOning Xalqaro musiqa kengashi (1983, 1985), Xalqaro kompozitorlar minbari (1959, 1964, 1968, 1985) mukofotlari laureati.


Lotin alifbosida maqola: LYUTOSLAVSKIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: L harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
MUSIQA
POLSHA
OLIY OʻQUV YURTLARI
SHVETSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты