LOʻLI TILI

LOʻLI TILI — loʻlilarning tili. Hind-yevropa tillari oilasining hindoriy guruhiga mansub. Loʻli tili hind-oriy tillari muhitidan ajralgan holda shakllanganligi tufayli yaqin, qardosh til guruhlaridan sezilarli farqqa ega, lekin koʻhna hind-oriy tillari lugʻaviy tarkibini saqlab qolgan, tipologik jihatdan oʻrta va yangi hind tillariga yaqin. Talaffuzda oʻziga xos jihatlar: jaranglilarning jarangsizlanishi (g>k, d>t, b>p), sirgʻalishning kuchsizlanishi, qorishiq tovushlarning susayishi (sh>s) va b. mavjud. Morfologiyasi uchun soʻz ketidan qoʻshiladigan qoʻshimchalarning yangi kelishik fleksiyasiga uchrashi, jonsiz — narsa otlarida tushum kelishigining shakli uchramasligi, kelasi zamon feʼlining murak-kab shakli va b. xos. Muntazam koʻchib yurish tufayli loʻlilar L. t. ning turli lahjalarida soʻzlashadi. Bundan tashqari, Loʻli tili loʻlilar yashaydigan hududlardagi mahalliy tillarning lugʻaviy, fonetik, sintaktik taʼsiriga uchragan. Sharq mamlakatlarida uzoq vaqt yashagan loʻlilarning tiliga sharqiy tillar, Gʻarb mamlakatlarida yashaganlarining tiliga esa gʻarbiy tillar sezilarli taʼsir etgan. Mas, Vizantiya hududidagi loʻlilar tilida Bolqon ya. o. idagi tillar uchun umumiy boʻlgan xususiyatlarni uchratish mumkin.


Lotin alifbosida maqola: LOʻLI TILI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: L harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



LOʻLILAR
JAHON TILLARI
HIND-YEVROPA TILLARI
TURKIY TILLAR
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты