MAYNOT (Minot) Jorj Richarde (1885—1950) — amerikalik patofiziolog va gematolog. Garvard untini tugatgan (1912), shu un-t prof. (1928). Ilmiy ishlari har xil anemiyalarning kelib chiqishi va ularni davolashga oid. Pernitsioz anemiyani davolashda «jigar parhez»ni kashf qilgan. Nobel mukofoti laureati (1934; U. P. Myorfi va J. Uipl bilan hamkorlikda).