MANPAR (xitoycha myan — xamir, par — parcha) — xamir taom turi. Tuzli suvda tuxum solib, qattiqroq qilib xamir qoriladi. Sochiqqa oʻrab tindiriladi. Tingan xamirdan tangadaytangaday boʻlakchalar uzib olinib, 2 mm qilib yoyiladi. Yoymadan 2 sm keladigan tasmachalar kesiladi, orasiga urvoq sepib, bir necha qavat qilib taxlab, toʻrtburchak boʻlakchalar kesiladi. Tuzi rostlangan qaynab turgan suvga solib, 10 min. pishiriladi, chovli bilan suzib olinib, suvuq suvda chayiladi. Boshqa qozonda Manpar qaylasi tayyorlanadi. Buning uchun mayda toʻgʻralgan goʻsht, piyoz dogʻlangan yogʻda qovuriladi, soʻng somoncha shaklida toʻgʻralgan turp, sabzi va tuz solinadi. Masalliqlar bir oz qovurilgach, keragicha suv quyib, qayla meʼyoriga yetguncha pishiriladi. Dasturxonga tortishda kosalarga xamir, ustidan qayla solinadi. Har kosa M. uchun bir dona tuxum quymoq pishiriladi. Manpar ustiga esa maydalab toʻgʻralgan tuxum-quymoq va kertilgan oshkoʻklar solinadi.