MANTI

MANTI (xitoycha myan — xamir, ti — goʻsht) — xamir taom. Manti uchun xamir qattiqroq qilib qoriladi, soʻngra zu-vala yasab, oʻrab 10 min. tindirib qoʻyiladi. Xamir yupqa (1—2 mm) qilib yoyiladi. Yoyma 10×10 sm kattalikda kesiladi. Manti qiymasi uchun goʻshtning lahm qismi goʻshtqiymalagichning yirik koʻzidan oʻtkaziladi yoki mayda toʻgʻraladi. Qiymaga piyoz, murch, namakob qoʻshib, yaxshilab mijigʻlanadi. Manti uchun dumba (charvi) yogʻi bodomday kattalikda toʻgʻraladi. Har bir jildga bir boʻlak dumba va qiyma solib, Manti tugiladi. Manti yogʻlangan lappaklarga teriladi, soʻng suv purkab mantiqasqonga qoʻyiladi va 45 min. dan 1 soatgacha bugʻlanadi. Tayyor taom likop, lagan yoki kosalarda betiga qatiq yoki qaymoq quyib, murch sepib, dasturxonga tortiladi. Ishlatiladigan masalligʻiga koʻra, Mantining qovurma Manti, kartoshka M., oshqovoq Manti, yaxlit Manti va b. turlari bor.


Lotin alifbosida maqola: MANTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



PIYOZ
KABOB
LAGʻMON
MANPAR
GOʻSHT SANOATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты