KORTIKOSTEROIDLAR [lot. cortex (corticis) — poʻstloq] , adrenokortikosteroidlar — buyrak usti bezlarining poʻstloq qavatidan ishlanib chiqadigan steroid gormonlar guruhi (q. Steroidlar). K. tarkibida 21 ta uglerod atomi bor. Barcha Kortikosteroidlar pregnan hosilalaridir. Organizmda xolesterjdan hosil boʻladi. Fiziologik taʼsiriga koʻra, 3 guruhga boʻlinadi:
1) organizmda, asosan, mineral almashinuviga taʼsir etadigan moddalar — mineralokortikoidlar (aldosteron, kortikosteron, dezoksikortikosteron);
2) uglevodlar va oqsillar almashinuviga taʼsir etadigan moddalar — glyukokortikoidlar (kortizon, gidrokortizon, kortikosteron);
3) jinsiy gormonlarga oʻxshash taʼsir etadigan steroid moddalar (androgenlar va progesteron). Organizmda Kortikosteroidlar yetishmay qolganida Addison kasalligi (Bronza kasalligi), koʻpayib ketganda esa Isen-ko-Kushing kasalligi paydo boʻladi. Kortikosteroidlar preparatlari tibbiyotda keng qoʻllaniladi.
Комментарии 1