KOSTROMA QORAMOL ZOTI

KOSTROMA QORAMOL ZOTI — suti va goʻshti uchun bokiladigan sigir zoti. Rossiyaning Kostroma viloyatida «Karavayevo» xoʻjaligida mahalliy zotlarni shvis zoti bilan chatishtirish, sermahsul duragay mollarni tanlash va saralash asosida yaratilgan hamda 1945-y. zot deb tasdiqlangan. Mollar, asosan, kulrang-och qoʻngʻir tusda, gavdasi yirik. Buqalari vazni 1000—1100 kg, sigirlari 550—600 kg. Sut sogʻimi 4000-5000 kg, yogʻliligi 3,7—3,9% va oqsili 3,3 — 3,6%. Zotning rekord qoʻygan sigirlari bir yilda 14—15 ming kg sut bergan. Sigirlarning hayot-chanligi yuqori (20—22 yoshga qadar). Goʻshtdorlik sifati yuqori, 18 oyligida novvoslar 450—500 kg vaznga yetadi. Boʻrdoqi mollarning goʻshti chiqishi 58—60%. Oʻzbekistonning qoʻngʻir tusli mahsuldor qoramol podalarini («Gʻallaorol», «Zarbdor», «Boyovut» va b.) yaratishda 1950-70 yillari Kostroma qoramol zoti buqalaridan foydalanilgan. Kostroma qoramol zotidan foydalanib, olatov qoramol zoti yaratilgan.


Lotin alifbosida maqola: KOSTROMA QORAMOL ZOTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
OLATOV QORAMOL ZOTI
YAPONIYA
DURAGAYLASH
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты