MART QOʻNGʻIZI

MART QOʻNGʻIZI, mart buzoq-boshi qoʻngʻizi (Melolontha aftlict Ball.) — zararkunanda qoʻngʻiz. Mevali, oʻrmon, manzarali daraxtlarni, sabzavot va b. ekinlarni zararlaydi. Mart qoʻngʻizi uz. 2,5 sm. Jigarrang, tanasining usti mayda oq rangli tangachalar bilan qoplangan. Erkak qoʻngʻizlar urgʻochilaridan moʻylovlari bilan ajralib turadi. Tuxumi oq, oval, kattaligi 4 mm. Lichinkasi oq yoki ochsargʻish. Gʻumbagi oqsargʻish, yozning ikkinchi yarmida gʻumbaklari qoʻngʻizga aylanadi, qoʻngʻizlari qishlab chiqadi. Mart oyidan boshlab, apr. oxirigacha uchib chiqadi. Qishlab chiqqan qoʻngʻizlari 2—3 haftadan keyin daraxtlar tagiga — soya joylardagi tuproqning ustki qatlamiga 1 ta yoki 2—3 tadan 30 tagacha tuxum qoʻyadi. Tuxumdan lichinkalar bir yarim oydan soʻng chiqadi va oʻsimliklarning ildizi bilan ovqatlanib, shu joyida qishlab qoladi. Qishlab chiqqan 1-yoshdagi lichinkalari poʻst tashlab, 2-yoshga oʻtadi va mavsum davomida koʻp zarar keltiradi. Mart qoʻngʻizi 4 yilda 1-marta avlod qoldiradi.

Kurash choralari : M. q. ning daraxt yoki ekinlarni zararlashi aniqlanganda qator oralariga ishlov beriladi, koʻchatlar atrofiga detsis (2,5%) preparati (0,7 kg/ ga) sepiladi. Haydash vaqtida tuproq betiga chiqib qolgan buzoqboshilar qoʻlda terib olib, yoʻqotiladi.


Lotin alifbosida maqola: MART QOʻNGʻIZI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Umar Shayx Mirzo Bahodir
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
MAKKAJOʻXORI ZARARKUNANDALARI
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты