MAXSAR ILDIZ FILCHASI

MAXSAR ILDIZ FILCHASI (Mesogriocus petraeus Faust.) — qattiqqanotlilar yoki qoʻngʻizlar turkumining filchalar yoki uzunburunlilar (Cur-culionidae) oilasiga mansub hasharot. Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Jan. Qozogʻistonda uchraydi. Qoʻngʻizi maxsar ekinining ildiz boʻgʻimini, yosh maysalarning pastki qismini kemirib zararlaydi. Natijada yosh nihollar qurib qoladi va ekinlar siyraklashadi. Qoʻngʻizining uz. 4,0—4,5 mm, rangi qora, tanasi ustida kulrang tangachalar, qornining ostki tomonida oqimtir tukchalari bor. Boshi kalta xartumchadan iborat. Qoʻngʻizlik davrida qishlaydi. Mart—apr. oʻrtalarida qishlab chiqqan qoʻngʻizlari maxsar maysalarini kemirib zararlaydi. Oʻsimliklar soʻliy boshlaydi yoki zararlangan joyidan sinib ketadi. Yiliga bir marta avlod beradi.

Kurash choralari : ekin maydonlarga fozalon (2,0—2,3 l/ga) yoki de-sis (2,5% emulgirlanuvchi konsentrata; 0,3—0,5 l/ga) purkaladi.


Lotin alifbosida maqola: MAXSAR ILDIZ FILCHASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOJIKISTON
MAKKAJOʻXORI ZARARKUNANDALARI
MART QOʻNGʻIZI
XITOY
TURKMANISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты