MAʼNAVIY ZARAR

MAʼNAVIY ZARAR — fuqaroning shaʼni, qadrqimmatiga dogʻ tushirilishi yoki ishbilarmonlik obroʻsiga putur yetkazilishi. Maʼnaviy zarar boʻyicha javobgarlik shartnomaga asoslanmagan, yaʼni huquqbuzarlik bilan bogʻliq boʻlgan javobgarlikdan iborat. Huquqbuzarlik sodir etish natijasida jismoniy ogʻriq, azob-uqubat, ruhiy qiynoq va iztiroblar shaxsga nisbatan yetkazilgan Maʼnaviy zarar hisoblanadi. Maʼnaviy zarar shuningdek, yuridik shaxsga ham yetkazilishi mumkin (mas, ishchanlik obroʻsini yerga uruvchi maʼlumotlarni tarqatish orqali).

Respublikada mehnat qonunchiligida ham xodimga yetkazilgan Maʼnaviy zararni qoplash nazarda tutilgan. Jumladan, gʻayriqonuniy ravishda ishdan boʻshatilgan xodim ishga tiklanganda ish beruvchi tomonidan qoplanadi. Maʼnaviy zarar uchun toʻlanadigan kompensatsiyaning mikdori ish beruvchining xatti-harakatiga berilgan bahoni hisobga olib, sud tomonidan belgilanadi, lekin bu miqdor xodimning oylik ish haqidan kam boʻlishi mumkin emas (MK ning 112moddasi). Oʻz mehnat vazifalarini bajarish munosabati bilan mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki salomatlikning boshqa tarzda shikas-tlanishi tufayli yetkazilgan Maʼnaviy zarar ham undiriladi.

Maʼnaviy zarar pul shaklida yoki boshqa moddiy shaklda ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq ravishda, xodim mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda vafot etgan taqsirda esa, ish beruvchi va xodimning oila aʼzolari oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq ravishda belgilangan miqsorda qoplanadi. Maʼnaviy zarar toʻlanishi lozimboʻlgan mulkiy zarardan qatʼi nazar qoplanadi. Maʼnaviy zararni qoplash qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi FKning 1021 — 1022moddalarida belgilab qoʻyilgan (yana q. Zarar).


Lotin alifbosida maqola: MAʼNAVIY ZARAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MODDIY JAVOBGARLIK
ISHGA TIKLASH
ISH HAQI
TOSHKENT
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты