ISHGA TIKLASH — mexnat shartno-masi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim konunga xilof tarzda boshqa ishga oʻtkazilgan hollarda uning avvalgi ishga tiklanishi. Xodim ish beruvchining oʻzi, sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan ishga tiklanadi. Bunda ish beruvchi xodimga yetkazilgan zararni qoplashga majburdir. Zararni qoplash: xodimga majbu-ran progul qilgan vaqti uchun ish beruvchi haq toʻlashi shart ekanligidan; mehnat shartnomasi bekor etilganligi, yaʼni xodim ishdan boʻshatilganligi yoki boshqa ishga oʻtkazilganligi ustidan shikoyat qilish bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar (mutaxassislardan maslahat olish, ish yuritish, yoʻl kira va h. k.) uchun hamda xodim koʻrgan maʼnaviy zarar uchun kompensatsiya toʻlashdan iborat. Maʼnaviy zarar uchun tulanadigan kompensatsiya mikdori ish beruvchining xatti-xarakatiga berilgan bahoni hisobga olgan holda, sud tomonidan belgilanadi, lekin bu miqdor xodimning oylik ish haqidan kam boʻlmasligi shart. Shuningdek, konunga xilof ravishda mehnat shartnomasi bekor etilgani yoki boshqa ishga oʻtkazilgani tufayli progul qilishga majbur boʻlgan vaqt uchun xodimga oʻrtacha ish haqi yoxud kam haq toʻlanadigan ishni bajargani uchun ish haqi oʻrtasidagi farq toʻlanadi, lekin majburiy progul muddati bir yildan osh-masligi kerak. Xodimning iltimosiga koʻra, sud uni Ishga tiklash oʻrniga majburan progul qilgan vaqti uchun ish haqi, maʼnaviy zarar, ishdan boʻshatish yoki boshqa ishga oʻtkazish yuzasidan sudga shikoyat qilish bilan bogʻliq xarajat pulidan tashqari, kamida 3 oylik ish haqi mikdorida qoʻshimcha qaq undirib berishi mumkin (OʻzR Mehnat kodek-si, 111 —122-moddalar); xodim qonunsiz asoslarga muvofiq yoki belgilangan tartib buzilgan holda ishdan boʻsha-tilib, korxona, muassasa, tashkilotning tugatilganligi tufayli uni ishga tiklab boʻlmaydigan hollar baʼzan yuzaga keladi. Bu holda sud ishdan boʻshatishni notoʻgʻri deb topib, xodimning daʼvosi boʻyicha mazkur korxona, muassasa va tashkilotni tugatish komissi-yasiga yoki ularni tugatish haqida qaror qabul qilgan organ ga, zarur hollarda esa korxonaning huquqiy vorisiga murojaat etib, ular zimmasiga bir yilga qadar davom etgan majburiy progul vaqti uchun xodimga ish haqi toʻlash majburiyatini yuklaydi. Ayni vaqtda sud korxona, muassasa, tashkilot tugatilganligi munosabati bilan xodimni ishdan boʻshatilgan, deb topadi va u qoʻshimcha yordam olish kafolatidan foydalanadi. Umuman, xodim Ishga tiklash boʻyicha daʼvo bilan uni ishdan boʻshatish haqidagi buyruqdan koʻchirma berilgan vaqtdan boshlab bir oy ichida sudga shikoyat qilishi mumkin.