MULKIY ZARAR

MULKIY ZARAR (OʻzRda) – jismoniy yoki yuridik shaxsga yetkazilgan moddiy zarar. M. z. va uni qoplash masalalari fuqarolik xuquqiga taalluk,li masalalardir. Umumiy qoidaga binoan, yetkazilgan Mulkiy zarar toʻla miqdorda qoplanishi kerak. Yetkazilgan Mulkiy zararni kamroq miqdorda qoplashga faqat qonun yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda yoʻl qoʻyiladi. Mulkiy zarar «haqiqiy zarar» va «boy berilgan foyda» kabi turkumlarga boʻlinadi. Haqiqiy zarar deganda, buzilgan mulkiy huquqni tiklash uchun qilingan yoki qilinishi kerak boʻlgan xarajatlar, mol-mulkning yoʻqolishi, kamayishi, nobud boʻlishi, shikastlanishi tushuniladi. Boy berilgan foyda deganda, zarar koʻrgan shaxsning huquqlari buzilmaganida olinishi mumkin boʻlgan, lekin olinmay qolgan daromad tushuniladi. Amaldagi fuqarolik kodeksida Mulkiy zarar mulkiy va ashyoviy huquqlar buzilgan takdirda qoʻllanishi mumkin boʻlgan javobgarlik si-fatida belgilangan. Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki ushbu organlarning mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shuningdek, ushbu organlarning qonunga muvofiq boʻlmagan hujjatlari Mulkiy zarar yetkazilishiga sababchi boʻlishi mumkin. OʻzR Konstitutsiyasiga koʻra, har bir shaxsga davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi (44modda). Bu asosiy qoida Fuqarolik kodeksida ham oʻz ifodasini topgan. Unga koʻra, davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari fuqaro yoki yuridik shaxsning huquq va manfaatlarini gʻayriqonuniy ravishda buzishga qaratilgan hujjat qabul qilsa, bunday hujjatni haqiqiy emas deb topish va bunday hujjat natijasida yetkazilgan Mulkiy zararni undirish haqida fuqarolar, yuridik shaxslar sudga murojaat qilishlari mumkin. Yetkazilgan Mulkiy zararni davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki mansabdor shaxs toʻlaydi.

Hojiakbar Rahmonqulov.


Lotin alifbosida maqola: MULKIY ZARAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MODDIY JAVOBGARLIK
SHAXSNING HUQUQIY HOLATI
TOSHKENT
MAHALLA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты