KRONA

KRONA (slavyancha korova — toj) — Yevropadagi bir qator mamlakatlarning muomalada boʻlgan pul birligi.

1) Daniya pul birligi (krona). 1 K. = 100 eyre. Xalqaro ifodasi DKK. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari= 8,4\ K. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan kurs boʻyicha 1 K. = 80 soʻm 67 tiyin (2002-y. fev.).

2) Islandiya pul birligi. 1 K. = 100 eyre. Xalqaro ifodasi 1SK. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 K. = 12 soʻm 42 tiyin (2003-y. fev.).

3) Norvegiya pul birligi (krone). 1 K. = 100 eyre. Xalqaro ifodasi NOK. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan kurs boʻyicha 1 K. = 139 soʻm 07 tiyin (2003-y. fev.).

4) Slovakiya pul birligi (koruna). 1 K. = 100 geller. Xalqaro ifodasi SLK. Xalqaro valyutalar kursi buyicha 1 AQSH dollari = 47,90 Krona (2002-y. fev.).

5) Chexiya pul birligi (koruna). 1 K. = 100 geller. Xalqaro ifodasi GZK. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 36,37 Krona (2002-y. fev.).

6) Shvetsiya pul birligi (krona). 1 K. = 100 eyre. Xalqaro ifodasi SEK. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan kurs boʻyicha 1 K. = 111 soʻm 83 tiyin (2003-y. fev.).

7) Estoniya pul birligi (kroon). 1 K. = 100 sent. Xalqaro ifodasi YeYEK. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari =17,71 Krona (2002-y. fev.).

8) Avstro-Vengriyaning, soʻngra 1924-y. gacha Avstriya va Vengriyaning pul birligi.

9) Fransiya (14—17-a. lar), Angliya (16—17-a. lar) va b. mamlakatlarning oltin tangasi.


Lotin alifbosida maqola: KRONA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SLOVAKIYA
DANIYA
ChEXIYA
NORVEGIYA
SHVETSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты