METAFAZA (meta… va yun. phasis — paydo boʻlish) — somatik (tana) hujayralarning boʻlinib koʻpayish usuli, mitozning ikkinchi bosqichi. Metafazada boʻlinish duki toʻliq shakllangan boʻladi. Xromosomalar spirallashib, yorugʻlik mikroskop ostida koʻrinadigan boʻlib qoladi. Xromosomalar ekvatorda joylashib olib, oʻz sentromerasi (birlamchi belbogʻi) bilan boʻlinish dukiga ilashgan boʻladi. Sitogenetik tadqiqotlarda Metafaza holatidagi xromosomalar oʻrganiladi.