METROLOGIYA

METROLOGIYA (yun. metron — oʻlchov va logos — taʼlimot) — oʻlchovlar, ularning bir xilligini taʼminlash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yoʻllari haqidagi fan; fizika bulimi. Asosiy muammolari: a) oʻlchashlarning umumiy nazariyasi; b) kattaliklar birliklarini va ularning tizimlarini yaratish; v) oʻlchash usullari va vositalari; g) oʻlchashlar aniushgi (oʻlchashlar noaniqligi nazariyasi, oʻlchashlar xatoligi nazariyasi) ni baholash usullari va ifodalash yoʻllari; d) oʻlchashlar bir xilligini taʼminlash; ye) etalonlarni yaratish; j) oʻlchash vositalari va oʻlchash uslublarining tavsiflarini aniqlash va birliklar oʻlchamlarini etalonlardan qolgan barcha oʻlchash vositalariga oʻtkazish usullari.

Dastlab, Metrologiya turli oʻlchovlar (chiziqli kattaliklar, massa, sigʻim va b.), shuningdek, turli mamlakatlarda koʻllaniladigan tangalar va ular orasidagi nisbatlarni bayon etuvchi fan sifatida ifodalangan. 1975-y. 20-mayda Xalqaro Metrik Konvensiyaning imzolanishi, oʻlchovlar va tarozilar Xalqaro byurosi ilmiy in-tining hukumatlararo darajada taʼsis etilishi Metrologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Metrologiya yuqori aniklikdagi fizik tajribalarga tayanadi, u fizika, kimyo va b. tabiiy fanlar yutuklaridan foydalanadi, shu bilan birga, moddiy dunyo obyektlari xossalarining mikdoriy ifodalanishiga imkon beruvchi oʻziga xos qonun va kridalarni belgilaydi. Oʻlchashlarning umumiy nazariyasi va natijalari (nazariy Metrologiya) ning haqqoniyligini baholash uzluksiz rivojlanmoqda; unga oʻlchash jarayonlari va bu jarayonlarning elementlari: oʻlchanayotgan kattaliklar, ularning birliklari, oʻlchash vositalari va usullari, oʻlchash sharoitlari, oʻlchash natijalarini tahlil qilish va oʻrganish natijasida olingan maʼlumotlar va umumlashmalar kiradi.

Metrologiyada oʻlchanadigan kattalik obyekt (tizim, jarayon) ning xususiyati sifatida izohlanadi. U sifat jihatidan ajratilishi va miqdoriy aniqlanishi mumkin, yaʼni xususiyat sifatida kator obyektlar uchun umumiy va u bir obyekt uchun boshkasiga Karaganda maʼlum son marta katta yoki kichik boʻlishi mumkin. Mas, uzunlik, massa, zichlik, t-ra, kuch va b. (obyektning fizik xususiyatlarini aks ettiruvchi kattaliklar). Har bir obyekt yetarlicha aniqlikdagi xususiyatlarga — uzunlik, massa, zichlik va b. ga ega; obyekt uchun kattalik tushunchasi aniq boʻladi (mas, stolning uzunligi, tarozi toshining massasi, suyuklikning zichligi va b.). Faqat aniq kattaliklarni oʻlchash mumkin. Katallikka obyektiv (mikdoriy) baho berish uchun shu kattalikning birligini (ayrim kattaliklar uchun — shkalani) tanlab olish kerak. Kattalik birligi — sonli qiymati keli-shuv boʻyicha birga teng qilib qabul qilingan (aniq) kattalik. Har xil oʻlchamli (mas, t-ra shkalasi, Brinel boʻyicha qattiqlik shkalasi) bir nomdagi kattaliklar qiymatlarining ketma-ketligi kattalik shkalasi deb ataladi.

Fanning rivojlanishi bilan ayrim birliklar va ularning kattaliklarini tasodifiy tanlashdan birliklar tizimlarini tuzishga oʻtildi. Metrologiyada fizik kattaliklar va kattaliklar birliklari tizimlarini tuzish prin-siplari oʻrtasidagi aloqalar, shuningdek, anik, birliklar tizimining nazariy tomonlari koʻriladi. Hozirgi vaqtda yuzdan ortiq davlat rasman qabul qilgan Xalqaro birliklar tizimi SI keng qoʻllaniladi. Nazariy Metrologiya oʻlchashlar anikligi (oʻlchashlar xatoligi) ni va noaniqligini baholash usullariga bagʻishlangan. Bunda ehtimollik nazariyasi va matematik statistika, shuningdek, matematikaning boshqa boʻlimlaridan keng foydalaniladi.

Oʻlchashlarning bir xilligiga erishish uchun qoʻllaniladigan barcha oʻlchash vositalari toʻgʻri darajalanishi va ularni davriy qiyoslash yoki kalibrlashdan oʻtkazish lozim. Buning uchun kattaliklar birliklarining etalonlari — oʻlchash vositalari, kattaliklar birliklarini asliday qaytarish va ularning oʻlchamlarini boshqa oʻlchash vositalariga oʻtkazish uchun moʻljallangan barqarorligi yuqori va aniq maxsus texnik vositalar qoʻllanilgan. Metrologiya etalonlar yordamida kattaliklar birliklarini qayta tiklash usullarini va ularning aniqligini oshirish yoʻllarini, shuningdek, birliklar oʻlchamlarini oʻtkazish usullari (qiyoslash uchullari) ni ham oʻrganadi.

Qonunlashtiruvchi Metrologiya — davlat tomonidan aniq belgilanishi va tekshirilishi talab qilinadigan, oʻlchashlar va oʻlchash vositalarining bir xilligiga erishish bilan bogʻliq masalalarni koʻradi. Davlatlarda oʻlchashlar bir xilligini talab etiladigan darajada taʼminlash va saqlab turish uchun Metrologiya boʻyicha milliy idoralar tomonidan boshqariladigan metrologik xizmatlar tashkil etiladi.

Ad.: Burdun G. D., Markov B. N., Osnovы metrologii, Metrologiya, 1972; Dushin Ye. M., Osnovы metrologii i elektricheskiye izmereniya, Metrologiya, 1987.

Andrey Sodщov, Ozod Karimov.


Lotin alifbosida maqola: METROLOGIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FIZIKA
MATEMATIKA
TOSHKENT
OʻLCHOVLAR METRIK TIZIMI
OʻLCHASH TEXNIKASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты