KURASH

KURASH — sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. Kurash ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qad. olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan. Milliy Kurashning xilma-xil koʻrinishlari Gretsiya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Eron, Afgʻoniston, Rossiya, Oʻzbekiston, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozogʻiston va b. mamlakatlarda mavjud. Zavonaviy sport Kurash ining asosiy qoidalari 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida Yevropaning bir necha mamlakatlarida ishlab chiqildi. 1912-y. Xalqaro havaskorlar kurash federatsiyasi (FILA) tuzildi (hozir unga 144 mamlakat, Oʻzbekiston 1993-y. dan aʼzo). Xalqaro maydonda sport Kurash ining yunonrum kurashi, erkin kurash, dzyudo, sambo va b. turlari keng tarqalgan. Keyingi yillarda oʻzbek Kurashi ham alohida Kurash turi sifatida dunyo miqyosida tan oliva boshlandi. Kurash insonni kuchli, epchil, chidamli va irodali qilib tarbiyalash vositalaridan biri hisoblanadi. Shifokorlar nazorati ostida 12 yoshdan Kurash bilan shugullanishga ruxsat etiladi. Kurash azaldan oʻzbek turmush tarzining uzviy qismi boʻlganligini arxeologik topilmalar, tarixiy qoʻlyozmalar tasdiqlaydi. Qad. Baqtriya (Oʻzbekiston jan.) hududidan topilgan jez davriga oid silindrsimon sopol idishda ikki polvon va ulardan biri ikkinchisini chalayotgani tasvirlangan. Shu davrga mansub boshqa arxeologik topilmada esa polvonlarning Kurash usullarini namoyish qilayotgani aks ettirilgan. Bu noyob topilmalar miloddan 1,5 ming yil ilgari ham Kurash ajdodlarimiz turmush tarzining bir qismi boʻlganidan da-lolat beradi. Yunon yozuvchisi Klavdiy Elian (2—3-a.) va b. tarixiy shaxslarning yozishicha, shu hududda umr kechirgan sak qabilasi qizlari oʻzlariga kuyovni yigitlar bilan kurashib tanlaganlar. Keyinchalik qizlar kuyovni shart koʻyish yoʻli bilan aniqlashgan va bu shar-tda Kurash musobaqasi boʻlgan. Bunga oʻzbek xalq qahramonlik dostoni — «Alpo-mish»dagi Barchin shartlarini misol qilib koʻrsatish mumkin. Ibn Sino «Tib qonunlari» asarida yozgan: «Kurashning turlari ham bir щ Ulardan biri ikki kurashuvchining biri oʻz raqibining belbogʻidan ushlab oʻziga tortadi, shu bilan birga oʻz raqibidan qutulishning chorasini qiladi…». Bu taʼrif zamonaviy Kurash qoidalariga yaqindir. Shuningdek, Mahmud Koshgʻariyning «Devonu lugʻotit turk», Alisher Navoiyning «Hamsa», «Holoti Pahlavon Muhammad», Zayniddin Vosifiyning «Badoeʼ ul-vaqoeʼ», Husayn Voiz Koshifiyning «Futuvvatnomai sultoniy», Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asarida Kurash hakida qimmatli maʼlumotlar bor. 9—16-a. larda Kurash xalqoʻrtasida keng ommalashgan. Shudavrda Pahlavon Mahmud, Sodiq polvon qabilar Kurash dovrugʻini oshirishgan.

Oʻzbek xalq yakka kurashining belbogʻli kurash deb nomlangan turi ham bor. Unga ham taalluqli koʻplab arxeologik topilmalar va tarixiy qoʻlyozmalar mavjud. Bundan 5 ming yil ilgari davrga mansub qad. Mesopotamiya hududidan topilgan haykalchada belbogʻli kurash usulida musobaqalashayotgan polvonlar tasvirlangan. Xitoyning qad. «Tan-shu» qoʻlyozmasida Fargʻova vodiysida toʻylar, sayllar Kurash musobaqalarisiz oʻtmasligi yozilgan. Ahmad Polvon, Xoʻja polvon va sh. k. K. ning ana shu turida shuhrat qozonishgan (19-a. oxiri — 20-a. boshi). Chorizm istilosi va shoʻrolar davrida oʻzbek milliy Kurash ini xalq turmush tarzidan sunʼiy ravishda siqib chiqarishga harakat qilindi. 20-a. ning 90-y. lari oxiriga kelib bu urinishlarga barham berildi. 1991-y. dakurashchilar sulolasi vakili, bir necha Kurash turlari boʻyicha xalqaro miqyosda sport ustasi Komil Yusupov oʻzbekcha Kurashning xalqaro andozalarga moslangan quyidagi qoidalarini ishlab chikdi: K. tushuvchilar 14 x 14 m dan 16x 16 m gacha boʻlgan, chetroq qismi qizil rangli «xavfli chiziq» bilan belgilangan koʻk-yashil tusli Kurash gilamida tik turgan holatda bellashadilar. Gʻolib ishlatilgan usullar va maydondagi xatti-harakatlariga qoʻyiladigan baholarga qarab aniqlanadi. Kurashda boʻgʻish, raqibga ogʻriq beruvchi usullar qoʻllashga ruxsat etilmaydi, kurashuvchilarning biri koʻk, ikkinchisi yashil rangli yaktak (ayollar yaktak ichidan oq rangli futbolka) kiyadi, belga eni 4—5 sm li tasma (belbogʻ) bogʻlanadi, erkaqlar 60, 66, 73, 81, 90, 100 kg va 100 kg dan ziyod, ayollar 48, 52, 57, 63, 70, 78, va 78 kg dan ziyod vazn toifalarida kurashadilar (bolalar, oʻsmirlar, oʻspirinlar, yoshi ulugʻlar va qizlar musobaqalarida ham yosh xususiyatlari hisobga olingan holda vazn toifalari belgilanadi). Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (1KA)ning 2003-y. Toshkentda oʻtgan kongressi har bir uchrashuvning qizgʻin boʻlishini taʼ-minlash maqsadida rasmiy musobaqalarda bellashuv vaqtini 3 min. qilib belgiladi. Ishlatilgan usullarga bajarilishiga mos ravishda «chala», «yonbosh», «halol» baholari, qoidaga zid harakatlarga esa «tanbeh», «dakki», «gʻirrom» jazolari beriladi. Kurashuvchi «halol» bahosini olsa (yoki raqibi «gʻirrom» bilan jazolansa) bu uning gʻalabasini bildiradi. Ikki bor «yonbosh» bahosini olish (yoki raqibining ikki bor «dakki» deya jazolanishi) ham gʻalabani anglatadi. «Chala» baholari hisobga olib boriladi va h. k. Bahrlar tengligida oxirgi baho olgan kurash-chiga gʻalaba beriladi, kurashchilarning baho va jazolari soni teng holatda baho ustunlikka ega boʻladi, jazolar soni teng boʻlsa oxirgi jazo olgan magʻlub hisoblanadi, agar barchasi teng (yoki baho va jazo olinmagan) boʻlsa, gʻolib hakamlarning koʻpchilik ovoziga koʻra eʼlon qilinadi.

1992-y. da Oʻzbekistonda kurash federatsiyasi, 2001-y. da Oʻzbekistonda belbogʻli kurash federatsiyasi tuzildi. 1998-y. sent. da Toshkentda 28 davlat (AQSH, Boliviya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Rossiya, Oʻzbekiston, Yaponiya va h. k.) vakillari Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) muassislari boʻlishdi va shu munosabat bilan bu yerda oʻzbekcha Kurash boʻyicha yirik xalqaro musobaqa oʻtkazildi. OʻzR Prezidentining «Xalqaro kurash assotsiatsiyasini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida»gi farmoni (1999-y. 1 fev.) oʻzbek milliy Kurash ining yavada rivojlanishiga turtki boʻldi. Oʻsha yili Toshkentda oʻzbekcha Kurash boʻyicha birinchi jahon chempionati, Rossiyaning Bryansk sh. da ayollar oʻrtasida xalqaro musobaqa boʻlib oʻtdi. IKA qoshida Xalqaro Kurash akademiyasi, Butun jahon Kurashni rivojlantirish jamgʻarmasi tuzildi, assotsiatsiya muassisligida «Kurash» jur. taʼsis qilindi. Adabiy-badiiy, ijtimoiy-publitsistik, axborot-reklama yoʻnalishidagi bu jur. Toshkentda 1999-y. okt. oyidan buyon nashr etiladi.

2000-y. Oʻzbekistonda Kurash oyligi oʻtkazildi. Bu oylik davomida 2 mln. ga yaqin kishi Kurash gilamiga chiqdi. Buyuk Britaniyada IKA faxriy prezidenti Islom Karimov nomidagi anʼanaviy xalqaro musobaqaga asos solindi. 2001-y. dan Xalqaro Kurash in-ti (Toshkentda) faoli-yat koʻrsata boshladi. 1KA ga 66 ta milliy federatsiya aʼzo boʻlib kirdi (2003). Yevropa, Osiyo, Panamerika va Okeaniya K. konfederatsiya lari tuzildi. Hoz. paytda oʻzbekcha Kurash bilan xorijiy mamlakatlarda 600 mingdan ziyod kishi shugʻullanadi. Kurashning bu turi boʻyicha jahon, qita va mamlakatlar chempionatlari hamda birinchshtiklari, Oʻzbekistonda atTermiziy, Pahlavon Mahmud xotirasiga bagʻishlangan va boshqa koʻplab xalqaro musobaqalar muntazam oʻtkaziladi. Hoz. vaqtda Oʻzbekistonda 22 ta olimpiada oʻrinbosarlari maktabi, 37 ta bolalaroʻsmirlar sport maktabi va 206 ta Kurash maktabida sportning bu turi boʻyicha oʻquvchilarga tahsil beriladi. Oliy oʻquv yurtlarida 100 dan ortiq Kurash toʻgaraklari faoliyat koʻrsatadi. Kurashchilar bilan 851 vafar murabbiy shugʻullanadi (2003). Osiyo olimpiya kengashi 2003-y. da Kurashning bu turini Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritdi. Kurash boʻyicha oʻtkazilidigan jahon chempionatlarida Bahrom Anazov, Isoq Axmedov, Maxtumquli Mahmudov, Kamol Murodov, Toshtemir Muhammadiyev, Akobir Qurbonov (Oʻzbekiston), Kubashxonim Elknur, Selim Totar oʻgʻli (Tur-kiya), Aleksandr Katsuragi, Karlos Xonorato (Braziliya), Pavel Melananes (Polsha), Xiroyoshi Kashimoto (Yaponiya) va b. golib chikdilar va sovrindor boʻldilar.

Ad.: Yusupov Kurash, Kurash, T., 1999; Moʻminov A., Prezident. Sport. Gʻalaba!, T., 2001.

Asror Moʻminov.


Lotin alifbosida maqola: KURASH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
GRUZIYA
ROSSIYA
ITALIYA
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты