MILSHTEYN

MILSHTEYN (Milstein) Sezar (1927.8.10, Bayya-Blanka) — argentinalik biokimyogar. Buenos-Ayresdagi un-tni kimyogar mutaxassisligi boʻyicha tugatgan (1952). Buenos-Ayresdagi Milliy mikrobiologiya in-ti molekulyar biol. boʻlimi (1961), Kembrij unti biokimyo boʻlimi oqsil va nuklein kislotalar lab. mudiri (1983-y. dan). 1975-y. da G. Kyoler va Milshteyn faqat bitta maxsuslikka ega boʻlgan antitelolarni sintez qiluvchi hujayra gibridlarini olish usulini ishlab chiqib, gibridom biotexnologi-yasiga asos solishdi. Monoklonal antitelolar olish va immunogenezning tursimon nazorati boʻyicha kashfiyotlar qilgan. Nobel mukofoti laureati (1984, G. Kyoler va N. K. Yerne bilan hamkorlikda).


Lotin alifbosida maqola: MILSHTEYN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BIOKIMYO
ARGENTINA
MOLEKULYAR BIOLOGIYA
HUJAYRA
BIOLOGIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты