KOʻZ KASALLIKLARI

KOʻZ KASALLIKLARI — koʻz soqqasi, qovoq, konyunktiva, koʻz yoshi aʼzolari va koʻz kosasi kasalliklari. Yaqindan va uzoqdan koʻrolmaslik, koʻz astigmatizma x. am Koʻz kasalliklariga kiradi. Koʻz kasalliklari tugʻma va hayotda orttirilgan, yuqumli va yuqumsiz, utkir va surunkali, bitta yoki ikkala koʻzda boʻladi. Organizmning umumiy kasalliklari: infeksion (sil, zaxm, revmatizm, gripp, difteriya, tiflar va b.), parazitar (har xil gelmintlar, mas, exinokokklar qoʻzgʻatadigan), endokrin (qandli diabet va h. k.), qon tomir (gipertoniya kasalligi va b.) kasalliklari, qon kasalliklari (leykoz va h. k.), oʻsmalar (rak, sarkoma va b.), markaziy nerv sistemasi kasalliklari (meningit, miya usmasi), shuningdek, burun boʻshligidagi patologik jarayonning atrofga tarqalishi Koʻz kasalliklariga sabab boʻladi. Koʻzga infeksiya tushishi, mexaniq, kimyoviy (kislota va ishqorlar) va fizik omillar (issik,lik, yorugʻlik, radioaktiv nur)dan shikayet yetishi ham Koʻz kasalliklariga olib keladi. Glaukoma, traxoma kabi kasalliklarda, koʻz ogʻir shikastlanganda va kuyganda, koʻrish nervi atrofiyasit kishi vaqtida davolanmasa, kur boʻlib qolishi mumkin. Koʻz kasalliklarining paydo bulish sabablari, davosi va oldini olish masalalarini oftalmologiya oʻrganadi.


Lotin alifbosida maqola: KOʻZ KASALLIKLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OʻSMALAR
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TIBBIYOT
RAK
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты